Kontent qismiga oʻtish

Wedding Anniversary

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wedding Anniversary
Rejissyor(lar) Shekhar S Jha
Prodyuser(lar)
  • Kumar V Mahant
  • Achut Naik
Ssenariynavis(lar)
  • Shekhar S Jha
  • Rashid Iqbal
Rollarda
Bastakor(lar) Abhishek Ray
Kinematografiya Shanti Bhushan Roy
Muharrir(lar) Aseem Sinha
Studiya(lar) V K Productions
Distribyutor Bharat Shah
Chiqarilgan sanasi
  • 24-fevral, 2017-yil(2017-02-24)
Davomiyligi 108 daqiqa[1]
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til hindcha
Daromadi 0.24 crore[2]

Wedding Anniversary – hind tilidagi romantik drama filmi boʻlib, Shekhar S Janing rejissyorligi, Kumar V Mahant, Achut Naik va Bharat Shahlarning prodyuserligi ostida suratga olingan[3][4]. Filmda bosh rollarni Nana Patekar va Mahie Gill ijro etgan. 2017-yil 24-fevralda film premyerasi boʻlib oʻtgan[1].

Kahani (Mahi Gill) va uning turmush oʻrtogʻi Nirbxay (Priyanshu Chatterji) oʻzlarining nikoh yilligini Goada nishonlashni rejalashtirishgan edi. Ammo soʻnggi daqiqalardagi kutilmagan voqea tufayli Nirbxay bora olmay qoladi va Kahani yolgʻiz sayohat qilishiga toʻgʻri keladi. U Goada erini kutib oʻtirar ekan, sevimli yozuvchisi Nagarjun (Nana Patekar) tomonidan yozilgan kitobni oʻqish uchun qoʻlga oladi va oradan biroz vaqt oʻtgach eshik qoʻngʻirogʻi jiringlaydi. Eshik qoʻngʻirogʻini bosgan odam esa Nagarjunning oʻzi boʻlib chiqadi. Filmning asosiy voqealari ularning ikkalasi oʻrtasidagi suhbat, Nagarjunning sevgisi va uning asl maʼnosi hamda hayotdagi ahamiyati haqida boʻlib oʻtadi.

  • Nana Patekar – Nagarjun rolida
  • Mahi Gill – Kahani rolida
  • Priyanshu Chatterjee – Nirbhay rolida
  • Sanket Choukse
  • Shruti Marathe
  • Priya Tandon
  • Asma Badar
  • Kanika Dang
  • Sneha Gupta
  • Bhumika Gurung
  • Yatin Karyekar
  • Asad Khan
  • Krishanu
  • Abhishek Ray
  • Rahul Prakash
  • Shanti Bhushan Roy
  • Neha Sharma
  • Shruti Sharma
  • Bhupesh Singh
  • Yajuvendra Singh
  • Tamara
  • Tejan Yadav

Suratga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning barcha suratga olish jarayonlari 2015-yilning may va iyun oylarida Goada amalga oshirildi.

Happy Anniversary
Abhishek Ray
Chiqarilgan sanasi 6-fevral, 2018-yil(2018-02-06)[5]
Janr Saundtrek
Davomiyligi 21:25
Til Hindcha
Leybl Zee Music Company

Film uchun yaratilgan soundtreklarning musiqalari Abhishek Rey tomonidan yozilgan. Soʻzlari esa Abhiruchi va Manvendralarga tegishli boʻlgan. Musiqa huquqlarini Zee Music Company sotib olagan.

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Abhishek Ray yaratgan.

Treklist
NomiMuallif(lar)Qoʻshiqchi(lar)Davomiyligi
1.„The Rainbow Song“Abhiruchi ChandAbhishek Ray & Bhoomi Trivedi4:12
2.„Dhinchakk“Abhiruchi ChandAbhinanda Sarkar3:59
3.„Ittefaqan“ManvendraAbhishek Ray & Amika Shail5:07
4.„Aaiye Saiyan“ManvendraBhoomi Trivedi3:36
5.„Bidesia“ManvendraUstad Rashid Khan & Shirsha4:31
Jami davomiyligi:21:25

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Times of India gazetasi muxbiri Mihir Bhanage filmni zerikarli deb hisobladi va unga 5 balldan 2 ball qoʻydi. U filmga izoh berar shunday izoh berdi: „Agar hayotingizda sevgi bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, nikoh sizga eng yaxshi yechim boʻladi[6]. Filmdagi nikoh yubileyi esa filmda oʻta zerikarli muhit yaratgan“. Scroll muxbiri Nandini Ramnath esa quyidagicha fikr bildirdi: „Wedding Anniversary filmi ajralish haqidagi qaror kabi zerikarli boʻlib oʻtgan“[7]. Glamsham muxbiri Vishal Verma filmga 5 balldan 1 ball berdi va shunday fikr bildirdi: „Wedding Anniversary – bu shunchaki dahshatli film boʻlib, Nana Patekar va Mahie Gill kabi isteʼdodlar bu filmda nima qilishayotgani meni hayratga soladi“[8].

  1. 1,0 1,1 „Wedding Anniversary Cast & Crew“. Bollywood Hungama. 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  2. „Wedding Anniversary - Box Office“. Bollywood Hungama. 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  3. „Confirmed Nana Patekar and Mahie Gill team up for 'Wedding Anniversary'“ (2015-yil 22-iyul). 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  4. „Check Out On-location Pictures of Nana Patekar Mahie Gill Starrer 'Wedding Anniversary'“. Bhaskar (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  5. „Wedding Anniversary (Original Motion Picture Soundtrack)“. iTunes. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  6. „Wedding Anniversary Movie Review“. The Times of India. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  7. „Film review: 'Wedding Anniversary' is as much fun as a divorce hearing“. Scroll. 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  8. „Wedding Anniversary Movie Review: An unintentional horror“. Glamsham. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.