Kontent qismiga oʻtish

Wang Ya Nan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wang Ya Nan
Statistika
Laqabi China Girl (Xitoylik qiz)
Vazn toifasi o'rta vazn
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)[1]
Millati China Xitoylik
Tugʻilishi (1984-10-29) 29-oktabr 1984-yil (age 37)

Xitoy
Mazhabi Pravoslav
Boks rekordlari
Umumiy janglar soni 8
Gʻoliblik 8
KO gʻolibligi 3
Magʻlubiyat 0
Durang 0
Bekor qilingan janglar 0

Wang Ya Nan (1984-yil 29-oktabr) — xitoylik sobiq professional bokschi, 2006-yildan 2009-yilgacha boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etgan. U magʻlubiyatlarsiz jahon chempioni boʻlgan. Wang Ya Nan faoliyati davomida 2007-yildan 2009-yilgacha oʻrta vazn toifasida WIBA va 2008-yildan 2009-yilgacha ayollar oʻrta vazn toifasida WBC unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, Wang Ya Nan boks janglarida „China Girl“ (Xitoylik qiz) laqabi bilan ham tanilgan.

Professional martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil yanvar oyida Wang 10 raunddan soʻng bir ovozdan chiqarilgan qaror bilan Janaya Devisni magʻlub etib, WBC yoʻnalishi boʻyicha oʻrta vazn toifasida ayollar oʻrtasida jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritgan birinchi xitoylik ayol bokschi boʻldi[2].

2008-yil 29-martda shanxaylik bokschi Lili Xie bilan boʻlgan jangda Wang Yu Nan 5-raunddayoq raqibini nakautga uchratib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻzining birinchi titul himoyasida Wang Ya Nan amerikalik bokschi Akondaye Fountainni magʻlub etdi. 2008-yil 7-noyabrda Xitoyning Chengdu shahridagi Sichuan gimnaziyasida oʻtkazilgan jangda Wang gʻalaba qozondi[3].

Wang Ya Nan Malvernda boʻlib oʻtgan boks jangida keniyalik Charity Mukamini magʻlub etganidan soʻng, oʻrta vazn toifasidagi biron marta magʻlubiyatga uchramagan chempion sifatida isteʼfoga chiqdi.

Bugungi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wang Ya Nan isteʼfoga chiqqanidan buyon Avstraliyaning Melburn shahrida yashab kelmoqda[2].

Professional boks rekordi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
8 ta jang 8ta gʻalaba 0 magʻlubiyat
Nakaut bilan 3 0
Qarorga koʻra 5 0
  1. „BoxRec: Wang Ya Nan“. BoxRec. Retrieved 11 October 2019.
  2. 2,0 2,1 „Wang Ya-nan la primera campeona china WBC en la historia“ (ispancha). suljosblog.com (20-mart 2019-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. „¡Wang Ya Nan defendió con éxito en China!“ (ispancha). notifight.com (7-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.[sayt ishlamaydi]