Walkman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Walkman
Original Sony Walkman TPS-L2.JPG
Turi

1979-yilda Yaponiya ishlab chiqarilgan

Portativ media pleyeri

WALKMAN — 1979-yildan beri Yaponiyaning Sony texnologik korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilayotgan prototiv audio pleyerlar brendi hisoblanadi. Sony WALKMAN[1][2] va uning mashhurligi WALKMANni har qanday ishlab chiqaruvchi yoki brendning shaxsiy stereotiplari uchun norasmiy atamaga aylantirdi[3]. Yaʼni WALKMANdan kiyin ishlangan barcha prototiv pleyerlar isteʼmolchilar tomonidan WALKMAN deya atash darajasiga keladi. Bu esa brendni elektronika bozorining inqilobiy mahsuloti boʻlganidan dalolat beradi. 2010-yilga kelib WALKMAN brendi mahsulotlari ishlab chiqarilishi toʻxtatilganda, Sony 200 millionga yaqin kassetali WALKMANlarni ishlab chiqarishgacha erishgan[4].

WALKMAN brendi keyinchalik DAT pleyerlar, MiniDisc pleyerlar va magnitofonlar, SD pleyerlar (dastlab Discman keyin esa SD WALKMAN nomiga oʻzgartirilgan), tranzistorli radiolar, mobil telefonlar va raqamli audio va media pleyerlar[5][6] kabi koʻpgina Sony prototiv audio qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun kengaytiriladi. 2011-yildan boshlab WALKMAN brendi faqat raqamli pleyerlarni ishlab chiqarishdan iborat boʻlib qoladi.

Rivojlanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda ishlangan dastlabki Sony WALKMAN TPS-L2

1960-yillarning oxirida oldindan yozib olingan ixcham kassetalarning ishlab chiqarilishi musiqani prototip qurilmalardan tashqari avtomobil salonlarida ham tinglash imkonini bergan boʻlsada oʻsha paytlarda klassik gramofon plastinalari uyda musiqa tinglash uchun eng ommabopligini saqlab qolgan.

Sony asoschilaridan biri Masaru Ibuka xiyobondagi sayrlaridan birida musiqa tinglash uchun Sony kompaniyasining katta hajmli TC-D5 kassetali magnitofonini koʻtarib olgan edi va bu juda noqulay ekanligini fahmlab musiqa ixlosmandlariga musiqani choʻntakda olib yuradigan ixcham qurilma kerakligi hamda bunday mahsulot yaratish gʻoyasi paydo boʻladi. Ertasi kuni darhol U oʻzining ijrochi oʻrinbosari Norio Ohgaga musiqa tinglash uchun optimallashtirilgan ixcham va choʻntak bop faqat ijro etish uchun moʻljallangan pleyer versiyani ishlab chiqishni buyuradi.

Metall korpusli koʻk-kumush rangli WALKMAN TPS-L2, dunyodagi birinchi arzon shaxsiy stereo sifatida 1979-yil 1-iyulda Yaponiyada sotuvga chiqadi va taxminan 33 000 ¥ Yapon yeni (yoki 150 dollar) dan sotila boshlanadi[7]. Kompaniya dastlab WALKMAN TPS-L2 ni oyiga taxminan 5000 dona sotishini taxmin qilgan boʻlsada, dastlabki ikki oy ichida 30 000 donadan ortiq sotilgan.

1981- yildan 2000- yilgacha klassik WALKMAN logotipi

Asta sekin Sony WALKMAN xorij bozorlariga chiqa boshlagach bir qator xalqaro nashrlarda WALKMAN haqida maqolalar chop eta boshlandi. Bir qator xorijdagi savdo kompaniyalari esa WALKMAN nomiga eʼtiroz bildirganligi sababli, u xorijda bir nechta boshqa nomlar ostida sotilgan, jumladan: AQShda „Sound-about“, Avstraliya va Shvetsiyada „Freestyle“ va Buyuk Britaniyada „Stowaway“[8][9]. 1980-yillarning boshlariga kelib esa WALKMAN butun dunyodagi musiqa shinavandalarining qoʻligacha yitib boradi va Sony bu nomni butun dunyo boʻylab ishlata boshlaydi. Birinchi ishlab chiqarilgan TPS-L2 AQShda 1980-yil iyun oyidan sotuvga chiqarilgan.

1984-yildan 1991-yilgacha boʻlgan uchta WALKMAN qurilmalari

1981-yilda Sony ikkinchi WALKMAN modeli WM-2 ni keng ommaga taqdim qiladi, u yumshoq tugmalar tufayli TPS-L2 bilan solishtirganda sezilarli darajada kichikroq va qulayroq edi. Sony 1980-yillarda ishlab chiqarilgan baʼzi tranzistorli radiolarni ham WALKMAN brendi ostida ishlab chiqara boshlaydi[10]. 1982-yilda WM-F1 modelidan boshlab baʼzi WALKMAN kassetali modellariga ham radio qoʻshiladi[11]. Shovqinni kamaytirish tizimiga ega birinchi model esa 1982-yilda ishlab chiqarilgan[12]. Birinchi kichik oʻlchamli va nisbatan ixchamroq kassetali hamda teleskopik korpusli WM-20 modeli 1983-yilda keng ommaga taqdim etiladi. Bu model WALKMAN qurilmalarini sumka yoki choʻntakda olib yurishni yanada osonlashtiradi[13]. Musiqalarni avtomatik orqaga qaytarish xususiyatiga ega birinchi model esa 1984-yilga kelib ishlab chiqariladi[14].

1985-yil oktyabr oyida WM-101 modeli birinchi boʻlib „gum stick“ ya"ni qayta zaryadlanuvchi batareya bilan ishlab chiqariladi[13]. 1986-yilda Sony masofadan boshqarish pulti va quyosh batareyasi bilan jihozlangan birinchi modeln WM-F107 ni keng ommaga taqdim etadi.

WALKMAN Ishlab chiqarila boshlagandan kiyin oʻn yil ichida Sony AQShda 50 % va Yaponiyada 46 % bozor ulushini egallaydi[15].

1989-yilda Yaponiyada WALKMAN brendining 10 yillik yubileyga bagʻishlab ikkita cheklangan protativ WM-701S/T moduli ishlab chiqilgan boʻlib, u latundan yasalgan va kumush bilan qoplangan edi[16]. 1994-yil 1-iyulda 15 yillik yubileyga bagʻishlangan modeli ham vertikal qilib ishlangan edi[17].

Birinchi WALKMAN modeli ishlab chiqarilganidan 10 yil oʻtib, butun dunyo boʻylab 100 million WALKMAN pleyerlari sotilgan. 1995-yilga kelib esa 150 million dona pleyer ishlab chiqarilgan[18]. 1999-yilga kelib, birinchi model taqdim etilganidan 20 yil oʻtgach, Sony 186 million dona WALKMAN sotishga erishadi[19].

Prototiv kompakt diskli pleyerlar 2010-yilda Yaponiyada ishlab chiqarilishi toʻxtatilgani WALKMAN kassetali pleyerlarining savdosi pasayishiga olib keladi[20][21]. AQSHda mavjud boʻlgan soʻnggi kassetali model WM-FX290W[22][23] boʻlib, u birinchi marta 2004-yilda ishlab chiqarilgan[24].

Marketing[tahrir | manbasini tahrirlash]

WALKMAN marketingi „yaponyada ishlangan“ (made in japan) jumlasini global madaniyatga kiritishga va isteʼmolchilar ongida sifat soʻzining sinonimiga aylanishiga yordam beradi[25]. Reklamadagi „Walk-men“ va „Walk-women“ tomoshabinlarda ideal aks etishi uchun yaratilgan[26]. Sony marketing strategiyasini amalga oshirib, WALKMAN koʻtarib olgan yoshlarni jamoat joylarida sayr qilish uchun yollaydi va yaqin atrofdagi odamlarga mahsulotni sinab koʻrishni taklif qiladi. Sony shuningdek, reklamaning qoʻshimcha shakli sifatida Tokio koʻchalarida WALKMAN bilan suratga tushish uchun aktyorlarni ham yollaydi[27].

WALKMAN reklama kampaniyasining asosiy komponenti qurilmaning haddan tashqari ixtisoslashuvi edi. WALKMANdan oldin portativ musiqa uchun umumiy qurilma radio boʻlib, u faqat tinglovchilarga standart musiqa eshittirishlarini taklif qilishi mumkin edi[28]. Pleylistni sozlash xususiyati musiqa tinglashda yangi va hayratlanarli inqilob boʻladi. Potentsial xaridorlar mobil tinglash texnologiyasi nuqtai nazaridan oʻzlari istagan musiqani tanlash, ularni qayta eshitish, saqlash va istalgan vaqtda hamda joyda tinglash imkoniyatiga ega boʻlishdi. Musiqani shaxsiy tanlash va shaxsiy tinglash qobiliyati WALKMANni, ayniqsa oʻsmirlar orasida katta savdo nuqtasi boʻlib, uning muvaffaqiyatiga katta turtki boʻlgan[28]. WALKMANning xususiyatlari va uslublarning xilma-xilligi har bir isteʼmolchi uchun mukammal tanlov boʻlgan mahsulot mavjudligini koʻrsatadi[29].

Madaniy taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Time maʼlumotlariga koʻra WALKMANning axborot tashish qobiliyatining misli koʻrilmagan kombinatsiyasi (u ikkita AA batareyasi bilan ishlagan) va maxfiylik (unda naushnik uyasi bor edi, lekin tashqi dinamik yoʻq boʻlgan) uni ming-minglab isteʼmolchilar uchun ideal mahsulotga aylantiradi. The Verge nashri WALKMAN chiqqan kuni dunyo oʻzgardi va musiqa olamida yangi yoʻnalishdagi oʻziga xos ideal mahsulot yaratilganini taʼkidlab oʻtadi.

WALKMAN 1980-yillar musiqa madaniyatining yangi timsoliga aylandi. 1986-yilda WALKMAN soʻzi Oksford inglizcha lugʻatiga kiradi. Millionlab odamlar WALKMANni jismoniy mashgʻulotlar paytida, sport zallarida ishlata boshlashdi, bu aerobika mashgʻulotlarining boshlanishi edi. Boshqa firmalar, shu jumladan Aiwa, Panasonic va Toshiba ham shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqarishadi va 1983-yilda kassetalar savdosi birinchi marta vinil plastinalari savdosidan oshib ketadi.

WALKMAN nafaqat odamlarning musiqaga boʻlgan munosabatini, balki texnologiyani ham oʻzgartirdi, chunki u yakkalik va shaxsiylik xususiyatga ega boʻlib, foydalanuvchilar radio orqali emas, balki oʻzlari tanlagan musiqalarni tinglar edi. U shaxsiy kompyuterlar alohida yoki mobil telefonlar kabi choʻntak bop texnologik qurilmalarning dastlabki kashshofi sifatida koʻrilgan. Naushniklar ham jamoat joylarida taqib yurila boshlandi. Bu 1982-yilda New-Jersey shtatining Woodbridge shahri meri piyodalar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar tufayli jamoat joylarida WALKMAN qurilmalaridan foydalanishni taqiqlashigacha olib kelgan va bu taqiq AQShda keng omma orasida xavfsizlik boʻyicha bahs-munozaralarga sabab boʻladi[30].

Bozorda WALKMANning muvaffaqiyati Compact Cassette formatining keng qoʻllanilishiga olib keladi. Bir necha yil ichida kassetalar vinil plastinalardan oshib ketadi va 1991-yilga kelibgina aynan sony tomonidan ishlangan kompakt disk (CD)lar kassetalar sotuvidan oʻtib ketguncha bozorda eng ommabopligini ushlab qoldi[31][32]. Tokioning Ginza tumanida 2019-yilda brendning 40 yilligiga bagʻishlab Sports WALKMAN FM ning katta haykali oʻrnatilgan[33].

Boshqa WALKMAN qurilmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MD (MiniDisc) WALKMAN pleyeri

1989-yilda Sony kompaniyasi Video WALKMAN sifatida sotiladigan portativ Video8 magnitofonlarini ishlab chiqaradi va brend nomini kengaytiradi. 1990-yilda Sony yangi tipdagi DAT WALKMAN sifatida sotiladigan portativ Digital Audio Tape (DAT) pleyerlarini ishlab chiqaradi[34]. DAT WALKMAN keyinchalik 1992-yildan boshlab MD WALKMAN brendiga ega MiniDisc pleyerlari ishlab chiqarish uchun kengaytirilgan. 1997-yildan boshlab Sonyning Discman portativ kompakt disk (CD) pleyerlar assortimenti CD WALKMAN nomini oʻzgartira boshladi[35]. 2000-yilda WALKMAN brendi (butun assortiment) birlashtirildi va brend uchun yangi kichik piktogramma „W.“ ishlab chiqariladi[34].

Raqamli pleyerlar (1999-yildan hozirgi kungacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 21-dekabrda Sony Network WALKMAN (VAIO boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan pleyerlar bilan bir qatorda) nomi ostida oʻzining birinchi raqamli audio pleyerlarini ishlab chiqara boshladi. Memory Stick saqlash vositasidan (xotira kardi) foydalangan birinchi pleyer, WALKMAN brendini birlashtirishdan biroz oldin MS WALKMAN[36] deb nomlanadi[34]. Koʻpgina kelajakdagi modellar oʻrnatilgan qattiq deskli flesh xotiradan foydalanadi, ammo qattiq diskga asoslangan pleyerlar ham 2004-yildan 2007-yilgacha chiqarilgan xolos[37]. Bundan tashqari WALKMAN markali mobil telefonlar ham Sony Ericsson qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan[38].

XXI asr boshlariga kelib Sony WALKMAN mahsulotlari bozorda oʻz oʻrinini yoʻqota boshladi va boshqa raqamli audio pleyerlar tomonidan bozordan siqib chiqarildi. WALKMANga raqobatchi sifatida Applening iPod raqamli va sensor ekranli mahsulotlari bozorga kirib keladi hamda WALKMANdan keyin musiqa pleyerlari orasida katta muvaffaqiyatga erishgan brend sifatida isteʼmolchilar hayratiga sabab boʻlgan mahsulot sifatida tan olinadi[39]. Bu esa WALKMANning xalqaro miqyosda sotuvini keskin kamaytiradi[40][41], garchi u ichki bozorda koʻproq sotilgan boʻlsa ham tashqi bozordagi kashshofligini boy berib qoʻydi[42][43]. 2005-yilga kelib sotuvlar va ulushlar besh baravarga oshgan va yaxshilanishda davom etgan boʻlsa ham Network WALKMAN bir necha yillardan beri xalqaro bozorda ulushga ega emas edi. Creative, Rio, Mpio va iRiver kabi koʻplab boshqa raqobatchilari bilan raqobatlashish bilan ovora boʻlgan bir paytda Apple iPod lari bozorni batamom oʻziniki qilib ulgurgan edi[37]. 2006-yilga kelib uning AQSh bozoridagi ulushi 1,9 % ni tashkil etib, Apple, SanDisk, Creative va Samsungdan ortda qoldi[44]. Yaponiyada uning ulushi 2009—2010-yillarda 43-48 % ni tashkil etdi va bu oʻsha davrida Apple kompaniyasidan biroz oldinda edi[45].

Hozirgi mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda ishlab chiqarilgan WALKMAN NW-A55

WALKMAN portativ raqamli audio va media pleyerlari bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan yagona WALKMAN brendi mahsulotidir. Garchand Tarmoq prefiksi endi ishlatilmasa ham, model raqamlarida hali ham „NW“ prefiksi mavjud.

2022-yildagi joriy mahsulotlar assortimenti[46][47]:

  • A seriyasi — oʻrta darajadagi eshitish qurilmalari
  • B seriyasi (Yaponiyadan tashqari) — byudjetga yoʻnaltirilgan bosh barmoq uslubidagi musiqa pleyerlari
  • E seriyasi — boshlangʻich darajadagi mahsulotlar
  • S Seriyasi (Yaponiya ichki bozor) — boshlangʻich darajadagi mahsulotlar
  • W/WS Seriyasi — taqiladigan musiqa pleyerlari
  • WM1 Seriyasi — eng yuqori darajadagi hashamatli pleyerlar (Sony Signature Audio mahsulotlari seriyasining bir qismi)
  • ZX Seriyasi — yuqori darajadagi musiqa pleyerlari

2017-yildan beri Sony, WALKMAN va boshqa audio mahsulotlar uchun kontentni uzatish va ijro etish uchun moʻljallangan Microsoft Windows operatsion tizimida shaxsiy kompyuterlar uchun musiqa markazi dasturini taqdim etadi[48].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bull, Michael (2006). „Investigating the Culture of Mobile Listening: From Walkman to iPod“. Consuming Music Together. Computer Supported Cooperative Work. 35-jild. 131–149-bet. doi:10.1007/1-4020-4097-0_7. ISBN 1-4020-4031-8.
  2. Du Gay, Paul. Doing Cultural Studies: The Story of the Sony Walkman. SAGE Publications, 1997. ISBN 9780761954026. 
  3. Batey, Mark (2016), Brand Meaning: Meaning, Myth and Mystique in Today's Brands (Second nashri), Routledge, p. 140 
  4. walkman-archive.com, Gallery Sony, retrieved 31 May 2020.
  5. „Sony's modern take on the iconic Walkman“. The Hindu BusinessLine (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  6. „Sony History“. Sony Electronics Inc. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  7. Carl, Franzen (1–iyul 2014–yil). „The History of the Walkman: 35 Years of Iconic Music Listening“. The Verge.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. „Läsarnas sjuka varumärken“. Dn.se. 28-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
  9. Novak. „The Sony Walkman was introduced in the U.S. as the Soundabout“. Gizmodo (1-iyul 2014-yil).
  10. „FM Walkman Stereo Receiver SRF-40W“. Radiomuseum. Qaraldi: 13-aprel 2022-yil.
  11. „FM Stereo Walkman WM-F1“. Radiomuseum. Qaraldi: 13-aprel 2022-yil.
  12. „Sony WM-7“. walkmancentral.com.
  13. 13,0 13,1 „Sony Group Portal – Product & Technology Milestones−Personal Audio“. www.sony.com.
  14. „Sony WM-6“. walkmancentral.com.
  15. „Innovation Success: How the Apple iPod Broke all Sony's Walkman Rules“. INSEAD Knowledge (7-mart 2012-yil).
  16. „WM-701S WALKMAN® (Remote Control/Auto Reverse Cassette Player) / Gallery / Sony Design / Sony“. Sony Design.
  17. „WM-EX1 WALKMAN® (Cassette Player) / Gallery / Sony Design / Sony“. Sony Design.
  18. „Mr. Morita, I Would Like a Walkman!“. sony.net.
  19. „Sony Celebrates Walkman (R) 20th Anniversary“. www.sony.net (1-iyul 1999-yil).
  20. Lauren Indvik, Mashable. „Sony retires the cassette Walkman after 30 years“. CNN. Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
  21. „Sony Retiring Cassette Walkman in Japan“. ABC News (25-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
  22. Chan, Casey. „Sony Kills The Cassette Walkman On The iPod's Birthday*“. Gizmodo. Gawker (23-oktabr 2010-yil).
  23. „Walkman digital tuning weather radio/cassette player WM-FX290W“. www.sonystyle.com. 5-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  24. „The Last Walkman“. Medium (14-yanvar 2021-yil).
  25. Du Gay
  26. Du Gay, 25
  27. „SONY TPS-L2 – The Walkman Archive“. www.walkman-archive.com. Qaraldi: 16-aprel 2022-yil.
  28. 28,0 28,1 Weber, Heike (2009). „Taking Your Favorite Sound Along: Portable Audio Technologies for Mobile Music Listening“. Sound Souvenirs. Amsterdam University Press.
  29. Du Gay, 31
  30. „Walkman Banned in Woodbridge? Yes, Law Is Still on the Books“. Woodbridge, NJ Patch (29-sentabr 2016-yil).
  31. „How The Sony Walkman Changed All Walks Of Life In 40 Years“. Stuff.
  32. „When did CD's Take a Front Seat to the Cassette Tape“. Kodak Digitizing.
  33. Lewis, Leo. „Japan's reverence for the Sony Walkman is a deadweight“. Financial Times (30-iyul 2019-yil).
  34. 34,0 34,1 34,2 „Sony Design“. Sony Design.
  35. „Sony Global – Press Release – Sony Celebrates Walkman (R) 20th Anniversary“. www.sony.com.
  36. „Mobile-review.com История Sony Network Walkman“. mobile-review.com.
  37. 37,0 37,1 Dorozhin. „История Sony Network Walkman“ (ruscha) (16-mart 2007-yil). Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  38. „Sony Ericsson W800 – the first Walkman phone raises the bar for mobile entertainment“. New Atlas (2-mart 2005-yil).
  39. Stross, Randall. „How the iPod Ran Circles Around the Walkman“. The New York Times (13-mart 2005-yil).
  40. Fackler, Martin. „Sony Says It's an IPod Killer, Not Just Another Walkman“. The New York Times (15-sentabr 2005-yil).
  41. „Sony takes bite out of Apple's iPod in Japan“. Hindustan Times (15-iyul 2005-yil).
  42. „Sony Walkman briefly outsells Apple iPod in Japan“ (3-sentabr 2009-yil).
  43. „Sony Walkman Sales Surpass iPod Sales In Japan“.
  44. „NPD: Apple retains huge lead with 75.6% share of U.S. Music player market“ (17-avgust 2006-yil).
  45. „Sony's Walkman Outsells iPod in Japan for First Time“ (5-sentabr 2010-yil).
  46. „Support for Digital Music Players | Sony USA“.
  47. „ポータブルオーディオプレーヤー Walkman ウォークマン | ソニー“.
  48. „Music Center for PC Ver.1.0 | Sony Middle East“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media related to WALKMAN at Wikimedia Commons