Kontent qismiga oʻtish

Vyacheslav Skvortsov (iqtisodchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vyacheslav Skvortsov
Tavalludi 18-avgust 1946-yil
Kaliningrad, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi Iqtisod
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Vyacheslav Nikolayevich Skvortsov (1946-yil 18-avgust) — A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetining birinchi rektori (1992-2016) va prezidenti.

1946-yil 18-avgustda Kaliningradda harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan[1].

1965-yilda oʻrta maktabni tugatib, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining chet tillar fakultetiga oʻqishga kirdi.

1967-yilda Samarqand shahridagi 44-sonli maxsus shahar kasb-hunar bilim yurtida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi.

1968-yilda Uchquduq shahardagi 15-oʻrta maktabga ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishga kirdi.

1970—1972-yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan.

1972-yilda Oʻzbekiston komsomolining Samarqand shahar qoʻmitasida komsomol tashkilotlari boʻlimi mudiri lavozimida ish boshladi.

1974-yilda Uchquduq shahridagi 7-sonli oʻrta maktab direktori lavozimida ishladi[2].

Leningradga koʻchib oʻtgach, u ikkita umumtaʼlim maktabi direktori, viloyat oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti direktori boʻlib ishlagan[3]. Afgʻoniston Respublikasida maslahatchi boʻlib ishlagan.

1992-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan. V. G. Onushkin va V. I. Podobed ilmiy rahbarligida „Maʼmuriy va iqtisodiy usullarning oʻzaro bogʻliqligi, mintaqaviy xalq taʼlimi tizimini boshqarishni optimallashtirish omili“ mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

2000-yilda „Uzluksiz taʼlim nazariyasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari“ dissertatsiyasi uchun unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berildi.

2021-yilda rastratada ayblangan va qidiruvga berilgan sobiq rektor Chernogoriyada hibsga olingan va Rossiyaga ekstraditsiya qilingan.

  • 1993-yilda „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan maktab oʻqituvchisi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].
  • 2001-yilda II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.
  • 2007-yilda „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.

Davlat va jamoat ishlaridagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995—2000-yillarda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining ikkinchi chaqiriq deputati boʻlgan[5][6].