Volta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volta — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, asosan Gana hududidan oqib oʻtadi. Oq V. va Qora V.ning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Gvineya qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Uz. 1600 km, havzasining mayd. 384 ming km2. Asosiy irmogʻi — Oti daryosi. Yogʻingarchilik davri (iyul — okt.) da toʻlib oqadi, baʼzan toshadi. Bu vaqtda suv sathi 14 m gacha koʻtariladi. Quyilish yeridan boshlab 400 km masofada kema qatnaydi. Daryo oʻzani serostona. Baliq ovlanadi. Gidroenergiya resurslariga boy. V.da yirik Akosombo GES (Ganada) va Volta suv ombori qurilgan. Asosiy portlari: Kete-Krachi va Akosombo.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil