Vohid Abdullayev
| Vohid Abdullayev | |
|---|---|
| Tavalludi |
15-may 1912-yil Samarqand |
| Vafoti |
30-iyul 1985-yil (73 yoshda) Samarqand |
| Fuqaroligi |
|
| Sohasi | adabiyot |
| Ish joylari | Samarqand davlat universiteti |
| Taʼlimi | Fargʻona pedagogika instituti |
| Mashhur ishlari | oʻzbek adabiyoti va tojik klassiklari Hofiz va Jomiy, turkman shoiri Maxtumquli, ozarbayjon shoirlari Fuzuliy va Andalib, shuningdek, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy va Sobit Mukanov asarlari tadqiqotchisi. |
| Mukofotlari |
|
Vohid Abdullayevich Abdullayev (1912-yil 15-may, Samarqand, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 30-iyul, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek olimi, adabiyotshunos, navoiyshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vohid Abdullayev 1912-yil 15-mayda Samarqand shahrida dehqon oilasida tavallud topgan.
1932-yil Fargʻona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935—1943-yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944—1969-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963-yildan shu universitet rektori. 1930-yildan sheʼrlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. „Samarqand sayli“ (1970) sheʼriy kitobi nashr etilgan. „Navoiy Samarqandda“ (1948), „Nishotiy va uning „Husni Dil“ dostoni“, „Xoksor va uning „Muntaxab ul-lugʻot“ kitobi“ (1955), „Nishotiy va Xoksor“ (1960), „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ (1964), „Saylanma“ (1982) kabi kitoblari oʻzbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bagʻishlangan. Abdullayevning oliy oʻquv yurtlari uchun „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ darsligida XVII-XVIII asrlardagi oʻzbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 15-mayda tugʻilganlar
- 1912-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 30-iyulda vafot etganlar
- 1985-yilda vafot etganlar
- Samarqandda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston adabiyotshunoslari
- Filologiya fanlari doktorlari
- Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari
- Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari