Vladimir Smirnov
Vladimir Smirnov | |
---|---|
Tavalludi |
21-iyun 1899-yil Toshkent, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
6-dekabr 1985-yil Belgrad, Yugoslaviya |
Xizmatdagi yillari | 1941–1960 |
Lavozimi | general-leytenant |
Vladimir Smirnov (3-iyul [21-iyun] 1899-yil, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 6-dekabr, Belgrad) – Yugoslaviya lashkarboshisi, Yugoslaviya xalq ozodlik urushi qatnashchisi. Fuqarolar urushi paytida Rossiyani tark etib, Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligiga joylashdi. U 1941-yilda Yugoslaviya Xalq-ozodlik armiyasi safiga qoʻshilib, u yerda NOLA Oliy shtab-kvartirasining texnik boʻlimini boshqargan. Harbiy xizmatda general-leytenant unvonigacha koʻtarildi va 1960-yilda isteʼfoga chiqdi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Fyodorovich 1899-yil 21-iyunda Rossiya imperiyasi, Toshkent shahrida harbiy muhandis oilasida tavallud topgan. Toshkentda avvl maktabda oʻqigan va keyin gimnaziyani tamomlagan. Keyinchalik Sankt-Peterburgda tahsil olgan va fuqarolar urushi paytida Odessa orqali Rossiyani tark etgan. 1921-yilda Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligiga joylashgan. Vladimir Belgrad universitetining texnologiya fakultetini tamomlagan. U 1927-yilgacha davlat xizmatida ishlagan, soʻngra Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga qadar Yugoslaviyaning turli xususiy qurilish kompaniyalarida texnik mutaxassis boʻlib faoliyat olib borgan[1].
Smirnov 1941-yilda ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan Yugoslaviya Xalq-ozodlik armiyasi safiga qoʻshildi va keyingi yili Yugoslaviya Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. 1942-yil mart oyida NOAU Oliy shtab-kvartirasining aʼzosi boʻldi, unda nemis bosqinchi kuchlari va ularning ittifoqchilarining aloqalarini yoʻq qilish, shuningdek muhandislik va qurilish ishlarini olib borishga moʻljallangan texnik boʻlimni boshqargan[2]. Vladimir 1942-yil aprel oyida Drina daryosining oʻng qirgʻogʻida Italiya harbiy tuzilmalarining yurishini sekinlashtirish uchun Gorajedada uchta koʻprikni va Ustipracha (Bosniya) qishlogʻi yaqinidagi bitta koʻprikni vayron qilishdi. Ushbu muvaffaqiyatli operatsiyalar uchun partizanlar Vladimirga „Rus-Mostoubiytsa“ laqabini berishdi. 1943-yil bahorida uning qoʻmondonligi ostida NOAU Oliy shtab-kvartirasining muhandislik kompaniyasi Neretva va Rama daryolaridagi koʻpriklarni vayron qildi. Shundan soʻng, partizanlarning Neretva daryosi darasida qamaldan qochishiga yordam berdi va shu bilan toʻrt ming yarador askarni qutqardi. Keyinchalik, ushbu epizod 1969-yilda yaratilgan Yugoslaviya kinosining eng shijoatli filmlaridan biri „Bitva na Neretve“ uchun asos boʻldi. Vlado (Smirnov) rolini amerikalik aktyor Yul Brynner[3] ijro etdi.
Smirnov Yugoslaviyaning koʻplab mukofotlari, shuningdek, 2-darajali Partizan yulduzi ordeni, 2-darajali Yugoslaviya xalq armiyasi ordeni, 1-darajali „Harbiy xizmatlari uchun“ ordeni, „Jasorat uchun“ ordeni va Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[4].
Vladimir Fyodorovich 1960-yillarda rus tilidan serb tiliga harbiy adabiyotning Yugoslaviyadagi yetakchi tarjimoniga aylandi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi marshali Semyon Budyonniyning xotiralari, Mixail Frunzening bir qator asarlarini tarjima qildi. Bundan tasgqari Vladimir Lenin asarlarini nashr etishda ham qatnashgan. Smirnov 1985-yil 6-dekabrda Belgradda vafot etdi va Novoye qabristonidagi Faxriy fuqarolar xiyoboniga dafn qilindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Животић, Александар. Владимир Смирнов (1899—1985). Руски емигрант — југословенски генерал // Војноисторијски гласник. — 2016. — № 1. — С. 135—149.
- ↑ Радженович, Ранка. Документы Архива Югославии об участии российских эмигрантов в борьбе с фашизмом в Югославии в годы Второй мировой войны //Российская эмиграция в борьбе с фашизмом. М.: Дом русского зарубежья имени Александра Солженицына, 2015 — 328—342-bet. ISBN 978-5-85887-459-1.
- ↑ Авакова, Юлия. „Как Вторая мировая война отразилась в кинематографе Югославии“. Российская газета. 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ Живанович М. Захоронения и памятники русским эмигрантам — членам Сопротивления в Югославии. // Военно-исторический журнал. — 2020. — № 10. — С.77—78.