Vladimir Shuxov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimir Grigoryevich Shuxov [1853.16(28).8, hozirgi Belgorod viloyati, Grayvoron shahri — 1939.2.2, Moskva] — rus muhandisi, olim. Faxriy akademik (1929). Mehnat Qahramoni (1932). Moskva Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1876). Neft sanoati texnikasi, qurilish ishlariga doir muhim asarlar muallifi. Texnikaning turli sohalariga oid ilmiy asarlari, loyihalagan inshootlari bilan fan va texnika rivojiga katta hissa qoʻshgan. Sh. loyihasi bilan (meʼmor M.F. Mauyer va Sh. rahbarligida) Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasining ogʻib qulay yozgan minorasi tiklangan (1932).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil