Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Sheglov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Vladimir Petrovich Sheglov (1904-yil 15-iyun, Kazinka, Orlov guberniyasi — 1985-yil 23-yanvar, Toshkent) — sovet va o‘zbek astronomi, pedagog va fan ommalashtiruvchi, astrometriya va astronomiya tarixi sohasidagi mutaxassis sanaladi.

Sheglov 1924-yilda Moskva yersozlik texnikumini, 1930-yilda — Moskva geodeziya institutining astronomik-geodeziya fakultetini tamomlaydi.

U 19241926-yillarda Oliy geodeziya boshqarmasining Volga dala okrugida, 19301933-yillarda O‘rta Osiyo geodeziya boshqarmasida astrobazik partiya boshlig‘i va hisoblash byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlaydi[1] .

Vladimir Sheglov 1933-yildan Toshkent rasadxonasida (1941-yildan esa rasadxona direktori sifatida) faoliyat yuritadi. U 1966-yilda Toshkent rasadxonasi negizida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti bunyod etilib, Sheglov 1966-1983 yillarda mazkur institut direktori bo‘ladi.

U 1948-1970 yillarda O'rta Osiyo universiteti professori, 1966- yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, 1974- yildan esa Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Fizika-matematika fanlari boʻlimi akademigi kotibi etib tayinlanadi.

V.P.Sheglov — Butunittifoq astronomiya-geodeziya jamiyati O‘zbekiston bo‘limi tashkilotchilaridan biri va birinchi raisi (1955-1976-yillarda) bo‘ladi.  

U O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964-yilda) unvonini oladi.  

Vladimiir Sheglovning asosiy ilmiy ishlari astrometriya va astronomiya tarixi sohasida edi. “Geveliyaning yulduzli osmon atlasi”ni nashr etish loyihasi bo‘yicha faol ishtirokchisi bo‘lib, SSSRda u to‘rtta tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida, to‘rtinchisi, Yaponiyada yapon tilida chop etiladi.

Oilasi

  • Rafiqasi – Sheglova Olga Mixaylovna, gidrograf, Toshkent universiteti dosenti.  
  • O‘g‘li - Pyotr Vladimirovich Sheglov, astronom, Moskva davlat universiteti professori, P.K.Shternberg nomidagi Davlat astronomiya instituti bosh ilmiy xodimi.  

Nashr etilgan ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• V.P.Sheglov — Dmitriy Danilovich Gedeonov // Astronomiya jurnali — 1951-yil — T. 28. — 6-son. 

• V.P.Shcheglov — O‘zSSR Fanlar akademiyasi Toshkent Astronomiya rasadxonasi tarixi // Tr. / SSSR Fanlar akademiyasining Tabiatshunoslik va texnologiya tarixi instituti. — 1955. — T. 5.  

Mukofotlar va e'tiroflari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ikki Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • Xalqlar do'stligi ordeni
  • "Faxriy belgisi" ordeni
  • S.I.Vavilov Butunittifoq "Bilim" jamiyati “Ilmiy bilimlarni targ‘ib qilishdagi ulkan hissasi uchun” stol medali.  
  • SSSR Fanlar akademiyasining F. A. Bredixin mukofoti (1981)
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964)
  • V.P.Sheglov sharafiga 1978-yilda N.S.Chernix tomonidan kashf etilgan Sheglov asteroidi (2377) (dastlab 1978-yil QT deb yuritilgan) nomi beriladi.