Vladimir Ananyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Ananyev
Tavalludi 1929-yil 23-mart
Vafoti 1996-yil 17-dekabr (67 yosh)
Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Ukraina bayrogʻi Ukraina
Taʼlimi Xarkov milliy konchilik universiteti
Kasbi injener, siyosatchi
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Mukofotlari

Vladimir Ivanovich Ananyev (ukraincha: Володимир Іванович Ананьєв, 1929-yil 23-mart, Toshkent – 1996-yil 17-dekabr) – birinchi chaqiriq Ukraina xalq deputati, muhandis, siyosiy arbob, kasbi boʻyicha kon muhandisi.

Boigrafiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Ivanovich 1929-yil 23-martda Oʻzbekiston SSRda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1948-yilda Xarkov konchilik institutiga oʻqishga kirgan va 1953-yilda uni tamomlagan. Vladimir Oltoy o'lkasi Gornyak posyolkasidagi Zolotushinskiy kon boshqarmasining smena va uchastka boshligʻi lavozimini egallagan. Keyinchalik Chelyabinsk viloyati Qorabash shahridagi Qorabash kon boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan[1].

Ananyev „Yujuralsvetmetstroy“ trestining bosh muhandisi (Oliy Ufaley), Xarkov shahridagi UNR 442-trest 88-shahar va „Xarkovjilstroy“ uy qurilishi zavodi boshligʻi bo'lib ishlagan. 1973-yildan Ukraina SSR sanoat qurilishi vazirining oʻrinbosari, 1978-yildan esa SSSR Davlat reja qoʻmitasi raisining kapital qurilish, qurilish sanoati va qurilish materiallari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Deputat 1992-yilda nafaqaga chiqqan.

1956–1991-yillar oraligʻida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS), Ukraina Kommunistik partiyasi hamda ijroiya qoʻmitasi aʻzosi boʻlgan.

Vladimir Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi, keyinchalik aʻzosi bo'lgan.

Ananyev 1990-yil 18-martda birinchi turda 57,75 foiz ovoz olib, Ukraina xalq deputati etib saylangan. U uy-joy kommunal xoʻjaligi va yoʻl qurilishi boʻyicha quyi qoʻmita, shuningdek, Ukraina Oliy Radasining qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻyicha komissiyasini boshqargan[2].

Vladimir oilali va bir nafar farzandi bor. U 1996-yil 17-dekabrda 67 yoshida Ukrainada vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deputat Ananyev Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi ordeni hamda Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, ikki bora Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorliqlari va Tarasa Shevchenko nomidagi Davlat mukofoti sohibi boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ананьєв Володимир Іванович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. „АНАНЬЕВ ВЛАДИМИР ИВАНОВИЧ“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.