Vitinha
|
Vitinha Portugaliya tarkibida (2026) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Vítor Machado Ferreira | ||
| Tavallud sanasi | 2000-yil 13-fevral | ||
| Tavallud joyi | Vila das Aves, Portugaliya | ||
| Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
| Raqami | 17 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2006–2007 | Desportivo das Aves | ||
| 2008–2011 | Póvoa Lanhoso | ||
| 2011–2019 | Porto | ||
| 2015–2016 | → Padroense | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2019–2020 | Porto B | 14 | (8) |
| 2019–2022 | Porto | 38 | (2) |
| 2020–2021 | → Wolverhampton Wanderers | 19 | (0) |
| 2022– | Paris Saint-Germain | 122 | (15) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2017 | Portugaliya U17 | 1 | (0) |
| 2018 | Portugaliya U18 | 7 | (0) |
| 2018–2019 | Portugaliya U19 | 18 | (3) |
| 2019–2021 | Portugaliya U21 | 22 | (1) |
| 2022– | Portugaliya | 37 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Vítor Machado Ferreira (Vitinha (portugalcha talaffuzi: [viˈtiɲɐ]) nomi bilan tanilgan; 2000-yil 13-fevralda tugʻilgan) — yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradigan portugal professional futbolchisi boʻlib, u Ligue 1 klubi Paris Saint-Germain va Portugaliya milliy terma jamoasi safida faoliyat yuritadi. Dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sifatida tan olingan Vitinha toʻp nazorati, mehnatsevarlik va oʻyin tashkil etish qobiliyatlari bilan ajralib turadi[1][2][3].
Porto futbol klubining akademiyasida kamol topgan Vitinha 2020-yilda asosiy jamoaga jalb qilindi. U 2020-yilning sentyabrida Angliya Premyer-ligasining Wolverhampton klubiga ijaraga berildi va keyingi mavsumda Portoga qaytdi. Porto safida u ichki ikki kubokni qoʻlga kiritishda muhim oʻrin tutdi hamda liganing eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. 2022-yilning iyun oyida Paris Saint-Germain jamoasiga transfer qilindi. 2024–25-yilgi mavsumda Vitinha PSJ jamoasining kontinental treblni qoʻlga kiritishida va oʻz tarixida birinchi bor UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlishida asosiy figuralardan biri boʻLDI. Bu yutuqlari uchun u Oltin toʻp saylovida uchinchi oʻrinni egalladi va 2025-yilda FIFPRO World XI roʻyxatiga kiritildi.
Vitinha Portugaliya yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, turli yosh toifalarida mamlakati sharafini himoya qilgan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha terma jamoa tarkibida mos ravishda 2019-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va 2021-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Vitinha 2022-yilda milliy terma jamoa safida debyut qildi hamda 2022-yilgi jahon chempionati va 2024-yilgi Yevropa chempionati turnirlarida ishtirok etdi. 2025-yilda esa UEFA Millatlar ligasi gʻolibi boʻldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maston, Tom „Ballon d'Or 2025 Power Rankings: Ousmane Dembele edges ahead of Barcelona trio despite Lamine Yamal's sensational Champions League showing“. Goal.com (2025-yil 29-aprel). Qaraldi: 2025-yil 5-may.
- ↑ Watach, Nestor „2025 Ballon d'Or power rankings: Mbappe's hopes dealt fatal blow...“. Planet Football (2025-yil 17-aprel). Qaraldi: 2025-yil 5-may.
- ↑ „2025 FC 100: Pedri among best central midfielders in men's soccer“ (2025-yil 4-iyun).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Vitinha“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Vitinha at the Paris Saint-Germain FC website
- Vitinha – Ligue 1da Fransuz ligasi statistikasi
- Vitinha Portugaliya futbol federatsiyasidagi terma jamoa profili (portugalcha)
- 13-fevralda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- FC Porto B futbolchilari
- FC Porto futbolchilari
- Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Segunda Liga futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar
- Fransiyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
