Vitaliy Rogovanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Rogovanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vitaliy Anatoliyevich Rogovanov
Tavallud joyi
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
OʻzbekistonOʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi, yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi Alay
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1984
1983
1986—1991
1992—1993
1994
1995
1996
1997
Sovet Ittifoqi Alay
Sovet Ittifoqi Spartak (Sulyukta)
Sovet Ittifoqi Alay
Qirgʻiziston Alay
Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona
Qirgʻiziston Dinamo (Oʻsh)
Oʻzbekiston Progres (Zarafshon)
OʻzbekistonYangiyer
(35 (0)
JTJ
177 (15)
42 (26)
20 (0)
13 (8)
13 (1))
Milliy terma jamoa
1993—1994 QirgʻizistonQirgʻiziston (6 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vitaliy Anatolyevich Rogovanov (1965-yil 20-iyun) — qirgʻiz va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻshning „Alay“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Vitaliy 1981-yilda 16 yoshida klub tarkibiga qabul qilingan va SSSR ikkinchi ligasida 1983-yilgi mavsumda klub safida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Umumiy hisobda Rogovanov Sovet futbolining ikkinchi ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Qirgʻiziston SSR yoshlar terma jamoalarida oʻynagan, 1983-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasi turniri ishtirokchisi hisoblanadi.

SSSR parchalanganidan keyin yana ikki mavsumni „Alay“ tarkibida oʻtkazgan. 1992 va 1993-yillarda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori, 1992-yilda esa mamlakat kubogi finalchisiga aylangan. 1993-yilda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynab, 22 ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi 5 toʻpurarlari safiga kirgan.

Faoliyati yakunida Oʻzbekiston oliy ligasida "Soʻgʻdiyona" va "Yangiyer" jamoalarida, shuningdek quyi ligalarda "Progres" („Zarafshon“) safida toʻp surgan. Oʻshning „Dinamo“ klubida ham bir mavsumni oʻtkazgan.

Terma jamoadagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yil 7-iyun kuni Tehronda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda Ozarbayjonga[1] qarshi oʻyinda Qirgʻiziston terma jamoasi safida debyut qilgan. 1993—1994-yillarda terma jamoa safida jami 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Uchrashuvlarning ikkitasi Tehrondagi turnirda va 4 tasi 1994-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Qizilqum (Zarafshon) sport maktabida bolalar murabbiyi va „Stroitel“ (Zarafshon) mini-futbol klubida murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[2]. Keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtib, u yerda „Legion“ yoshlar sport maktabida (Lipetsk) faoliyatini davom ettirgan. Vitaliy shuningdek, „Avangard“ havaskorlar klubida (Chapligin) ham murabbiylik qilgan[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farzandi Igor (1995-yilda tugʻilgan) ham futbolchi. 2013-yilda „Paxtakor“ safida Oʻzbekiston chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinroq Rossiyada havaskorlar miqyosida toʻp surgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Азербайджан 3 : 2 Киргизия“. 14-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
  2. „«Стройсервис» усилил тренерский штаб, а в лидеры вышел «PROСвет»“. 17-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
  3. „По праву гордится район футболистами“. 17-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
  4. „Кто — в лес, кто — по дрова“. 17-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FootballFacts.ru saytida Profili
  • National Football Teams saytida Profili