Virulentlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Virulentlik (lotincha: virulentus - zaharli) — mikroorganizmlarning kasallik qoʻzgʻatishi. Virulentlik faqat kasallik qoʻzgʻatuvchi (patogen) organizmlar turlariga xos boʻlib, patogen tur bir yoki bir guruh biotiplar, oʻsimlik navi yoki hayvon zotida tanlab kasallik qoʻzgʻatish xususiyati bilan belgilanadi. Mas., vilt kasalligini qoʻzgʻatuvchi vertitsillium avlodiga mansub Virulentlik dahliae Kleb. zamburugʻi koʻpgina ekinlar uchun virulent hisoblanib, ularning soʻlishiga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqda vertitsillium zamburugʻining 2 irqi mavjudligi va ular, ayniqsa ekiladigan gʻoʻza navlari va poliz ekinlari uchun virulent ekanligi aniqlandi. Masalan, zamburugʻning 2-irqi "Toshkent" tipidagi gʻoʻza navlariga, 108-F, S-4727 va b. navlarga, 1-irqi esa 108-F tipidagi navlarga virulentdir. Patogenning Virulentlik xususiyati oʻsimlikka kasallikni sunʼiy yuqtirish bilan yoki tabiiy dala sharoitlarida aniqlanadi. Virulentlik organizmning qarshilik koʻrsatish qobiliyatiga bogʻliq (qarang Patogenlik).

Valeriy Senoyedov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil