Vinning siljish qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinning siljish qonuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to'lqin uzunliklar boʻyicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o'rgandi. Vin ideal ko`zgusimon idish ichida nurlanishning idish hajmi kichrayotgandagi qisilish protsessini termodinamik nuqtai nazardan qarab chiqdi va harakatlanayotgan ko`zgudan qaytayotgan nurlanishning chastotasi o`zgarishini (Doppler prinsipini) e`tiborga olib, qora jismning nurlantirish qobiliyati

(1)

ko'rishda bo'ladi, degan xulosaga keldi, bu erda - yorug'likning atrof - muhitdagi (bo`shliqdagi) tezligi, 𝘧 funktsiyasining ko'rinishini aniqlash uchun Vin mulohazalari yetarli bo'lmay qoldi.

Vin erishgan muhim natija  nurlantirish qobiliyatining ifodasiga temperaturaning faqat 𝓥/T nisbat ko`rinishida kirishini topishi bo`ldi. Mana shu holning o`ziyoq bizni qiziqtiruvchi funksiyaning ba`zi bir xususiyatlarini oldindan bilishga imkon beradi.Qator tadqiqotchilarning puxta qilib o`tkazgan o`lchashlari tufayli  funksiyaning empirik grafigi aniqlandi va Vinning nazariy xulosalari tekshirib ko`rildi.

Tadqiqot metodi turli temperaturadagi absolyut qora jism chiqarayotgan nurlanishning spektr bo`yicha energiya taqsimotini o'rganishdan iborat edi. Tajribalarning sxemasi 1-rasmda berilgan.[1]

1-rasm. Qora jism spektrida energiya taqsimotini tadqiq etishga bag`ishlangan tajribalar sxemasi.

Bunda S – muayyan teperaturali absolyut qora jism, - monoxromator, L-nurlanishni R difraksion panjarali monoxramator tirqishiga to`playdigan linza,energiyani sezgir T termoelement yoki bolometr qabul qiladi. Bu tadqiqotlar oqibatida olingan egri chiziqlar 2-rasmda ko`rsatilgan.Ular ni 𝛌 ning funksiyasi sifatida ifodalaydi.  ning har bir temperatura uchun maksimumi borligi rasmdan ko`rinib turibdi.Bu maksimumning 𝛌 shkalasidagi vaziyatini aniqlash uchun munosabatdan foydalanib ,Vin qonunining ifodasida 𝓥 dan 𝛌 ga o`tamiz, u holda

. hosilani nolga tenglashtirib,    maksimumning vaziyati

(2) shartni qanoatlantirishini ko`ramiz.Bundagi b miqdor temperaturaga bog`liq emas.(2) – rasmdagi eksperimental egri chiziqlar bu xulosani tasdiqlaydi va b ni aniqlashga imkon beradi. b ning hozirgi qiymati:  

2-rasm.Turli temperaturalar uchun qora jism spektrida energiya taqsimotining egri chiziqlari.

Bu ko`rinishida Vin qonuni siljish qonuni  deb ham yuritiladi.Chunki bu qonun temperatura ko`tarila borgan sari  funksiya maksimumining vaziyati qisqa to`lqinlar sohasi tomon siljishini ko`rsatadi.

Yuqorida aytilganlarga binoan, 𝛌/T koordinatalardagi, ya`ni (1) formulaga mos  kelgan spektral taqsimot egri chizig`ining maksimumi haqidagi masalani yechish mumkin. Bu funksiyaning maksimumi vaziyatini    shartdan aniqlab, uning

   

munosabatga mos kelishini topamiz, bundagi a miqdor temperaturaga bog`liq emas va o`lchashlarga muvofiq

     a=0,5100 cm·grad

egri chiziq maksimumining topilgan vaziyati egri chiziq maksimumining vaziyatidan 1,76 marta farq qiladigan to`lqin uzunlikka mos keladi.[2]

  1. 1.G.S.Landsberg. Optika. Toshkent - “O`qituvchi” - 1981. 
  2. 2.G.Axmedova, O.B.Mamatqulov, I.Xolbayev.Atom fizikasi.Toshkent:Istiqlol-2013.