Vilhelm Melbye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vilhelm Melbye

Haqiqiy ismiKnud Frederik Vilhelm Hannibal Melbye
Tavalludi 14-may 1824-yil
Vafoti 6-oktyabr 1882-yil(1882-10-06)
(58 yoshda)
Roskilde, Denmark
Millati Daniya
Ta'limi Daniya Qirollik Tasviriy Sanʼat Akademiyasi
Oqim Romantizm

Knud Frederik Vilhelm Hannibal Melbye (1824- yil 14- mayda tavallud topgan) daniyalik dengiz rassomi. Faoliyati davomida Vilhelm Melbye Evropaning koʻplab qismlarida, ayniqsa Oʻrta yer dengizi mintaqasida dengiz manzaralari, qirgʻoq va port sahnalari, koʻplab yelkanli kemalar, topografik mavzularni chizadi.[1][2]

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vilhelm Melbye Daniyaning Elsinore shahrida tavallud topgan. Jeykob Buntzen Melbye va Anna Mari (Klara) Kristin Loehtsning oʻgʻli boʻlgan. Vilhelm Melbye akalari rassom va fotosuratchi Anton Melbye (1818-1875) dengiz rassomi Fritz Melbye (1826-1869) edi. Vilhelm Melbye avvaliga savdogar boʻlishni oʻrgandi, lekin keyin rassomchilik bilan shugʻullanadi. Vilhelm Melbyening katta akasi Anton qoʻl ostida tahsil oladi. 1844- yildan 1847- yilgacha Daniya Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasida tahsil oladi. Shuningdek, Vilhelm Melbye Karl Dahl bilan istiqbolli rasm chizish boʻyicha koʻplab xususiy darslarni oladi.

1847- yilda Vilhelm Melbye Valkyrien korvetida Islandiyaga birinchi sayohatini boshladi. 1848- yilda Vilhelm Melbye Skagenda rasm chizgan birinchi rassomlardan biri boʻldi. Xuddi shu yili Vilhelm Melbye Dyusseldorf orqali Parijga sayohat qiladi.[3] Parijda 1849- yilda Daniyaga qaytishdan oldin Teodor Gudin (1802-1880) bilan birga oʻqidi.

Vilhelm Melbye 1880 yilda Kopengagendagi akademiyaga professor etib tayinlanadi. Koʻp yil oʻtmay 1882- yilda Roskilde shahrida vafot etgadi. U Kopengagendagi Xolmens Kirkegardda dafn etilgan.

Ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vilhelm Melbye realistik uslubni, koʻpincha romantik yoki dramatik sahnalarni afzal koʻrgan. Uning koʻpgina asarlari janubiy Evropa qirgʻoqlari yoki port manzaralarini tasvirlaydi. Vilhelm Melbye katta akasi va oʻqituvchisi Anton Melbye taʼsir koʻrsatadi. Vilhelm Melbye ijodidagi yana bir muhim taʼsir Dyusseldorf maktabi, ayniqsa Andreas Achenbax edi.[4]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Melbye, Knud Frederik Vilhelm Hannibal“. Dansk biografisk Lexikon. Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  2. „Vilhelm Melbye“. Weilbachs Kunstnerleksikon. Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  3. „Wilhelm Melbye“. AOK. Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  4. „Marine Art Wanted: Sell your 19th Century Painting“. Fine Art Emperium. Qaraldi: 2010-yil 4-yanvar.