Viktor Kolodyajniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Kolodyajniy
Tavalludi 26-iyun 1953-yil (1953-06-26) (70 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi Quruvchi
Mukofotlari

Viktor Viktorovich Kolodyajniy (1953-yil 26-iyun, Oʻzbekiston SSR, Urganch) – Rossiya munitsipal va xoʻjalik arbobi. Ikki karra Kuban Mehnat Qahramoni ordeni sohibi (2004, 2008).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

– 2001-yildan – Armavir shahri rahbarining birinchi oʻrinbosari.

– 2002-yilda Armavir rahbari etib saylangan.

– 2004-yil yanvar oyidan – Sochi shahri rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻtgan.

– 2004-yil aprel oyida u Sochi meri etib saylangan.

– 2008-yil 17-aprelda u „Olimpstroy“ davlat korporatsiyasi prezidenti etib tayinlangan.

– 2009-yil iyun oyida u „Olimpstroy“ kompaniyalar guruhi prezidenti lavozimidan ixtiyoriy ravishda isteʼfoga chiqish haqida ariza bergan.

– 2009-yil 6-noyabrdan 2018-yil 2-iyulgacha – Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr va kartografiya boʻyicha Federal xizmatining Krasnodar oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi – Krasnodar oʻlkasining bosh davlat roʻyhatchisi lavozimida ishlagan. Bu lavozimdan oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqgan[1].

Ikkita oliy maʼlumotga ega. Iqtisodiyot fanlari nomzodi darajasiga ega boʻlgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chapdan oʻngga: Mintimer Shaymiyev, Viktor Kolodyajniy, Dmitriy Medvedev, Dmitriy Chernishenko Sochi 2008-yil

– III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2007-yil 25-sentyabr) – davlat oldidagi xizmatlari va shaharni rivojlantirishdagi yutuqlari uchun (Sochi)[2]

– IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2006-yil 3-iyul) – shaharning (Sochi) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik mardonavor mehnatlari uchun[3]

Aleksandr Nevskiy ordeni (2014-yil 14-yanvar) – erishilgan mehnat muvaffaqiyatlari va koʻp yillik samarali mehnati uchun – „Shon-sharaf“ ordeni (2003-yil 4-oktyabr) – erishilgan mehnat muvaffaqiyatlari va koʻp yillik samarali mehnati uchun[4]

„Doʻstlik“ ordeni (1998-yil 30-mart) – koʻp yillik samarali mehnati va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik hamda hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun[5] – Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan quruvchisi 1995-yil 29-may[6]

„Shon-sharaf“ ordeni (SSSR, 1991-yil 21-dekabr)[7]

– Rossiyaning faxriy quruvchisi 1998-yil 17-fevral.

– „Kuban mehnat qahramoni“ medali (Krasnodar oʻlkasi, 2004-yil 21-iyun)

– „Kuban mehnat qahramoni“ medali (Krasnodar oʻlkasi, 2008-yil 17-aprel)

– Kubanda xizmat koʻrsatgan quruvchi

– Armavir, Novokubansk, Sochi shaharlarining faxriy fuqarosi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Руководитель управления Росреестра по Краснодарскому краю покинул свой пост“ (ru). yuga.ru. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
  2. Указ Президента РФ от 25 сентября 2007 г. № 1299
  3. Указ Президента РФ от 3 июля 2006 г. № 680
  4. Указ Президента Российской Федерации от 14 января 2014 года № 18 «О награждении государственными наградами Российской Федерации» (Wayback Machine saytida 2016-01-07 sanasida arxivlangan)
  5. Указ Президента РФ от 4 октября 2003 г. № 1176
  6. „Указ Президента РФ от 29 мая 1995 года № 533“. 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-yanvar.
  7. Указ Президента СССР 21 декабря 1991 года