Vikipediya munozarasi:Maqolalarni bezash

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangi qoidalar[manbasini tahrirlash]

Ushbu sahifada oʻzbekcha Vikipediyaga hissa qoʻshadigan barcha foydalanuvchilar amal qilishi kerak boʻlgan uslubiy qoida va koʻrsatmalar jamlangan. Ushbu qoidalar majmuasini „Uslub qoʻllanmasi“ (inglizcha: Manual of style) deb nomlash mumkin. Bugunga qadar har kim har xil qoidalarga rioya qilib keladi. Taklif qilinayotgan qoidalarni muhokama qilib, rasman qabul qilib olganimizdan keyin oʻzbekcha Vikipediyadagi barcha sahifalarda ularga amal qilinishini talab qilamiz.

Qoidalar koʻp sonli boʻlgani uchun har bir boʻlim boʻyicha alohida munozara olib borishni taklif qilaman. Fikr bildirayotganda nufuzli manbalarga havola qoldirsangiz, barchamiz uchun foydali boʻladi. Izoh yozib boʻlgandan keyin ~~~~ belgisi bilan imzo chekishni unutmang. Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Maqola tuzilishi[manbasini tahrirlash]

Amal qilib kelinayotgan qoidalarni „qogʻozga tushirdim“. Yagona oʻzgarish — „Shuningdek qarang“ boʻlimi nomini „Yana qarang“ deb oʻzgartirish. Lex.uz saytida bir sahifaning oʻzida „Shuningdek, qarang“ va „Shuningdek qarang“ deb yozilgan. „Yana qarang“ deb yozish bunday chalkashlik oldini oladi. Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

„Yana qarang“, sifatida oʻzgarishini shaxsan qoʻllab-quvvatlayman! MaxiMillian munozara 08:29, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Yana qarang degani maʼqul. Umarjon Rahimov (munozara) 08:50, 19-Avgust 2022 (UTC).[javob berish]
  1. „Yana qarang“ maʼqul va juda oʻrinli. Humoyun Qodirov (munozara) 09:08, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
„Yana qarang“ maʼqul Muzaffar murodovich (munozara) 09:16, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Taklif sifatida shuningdek qarang so‘zini yana qarang emas, eʼtiborli qarash so‘ziga o‘zgartirishni taklif beraman, chunki shuningdek so‘zi o‘zbek tilidagi gaplarning davomida so‘zlari bir biriga bog‘lash bilan birga chuqur maʼnolarni izohlab beradi, yana so‘zi bilan takror so‘ziga monand bo‘lganligi uchun eʼtiborli so‘zini taklif bermoqdaman. Eʼtiborli so‘zi chuqur izohlash, yana ko‘rish, takror qarash kabi so‘zlarni o‘z ichiga oladi va o‘zbek tilidagi grammatikasi mukammallashtirgan bo‘lar edi.O‘zgartirishlarni shunchaki takliflar bilan emas chuqur mulohaza bilan qabul qilishimiz kerak. Bizdan keyingi insonlarga ham qulaylik tug‘ilishi lozim. Sakinabonu (munozara) 09:58, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Va alaykum assalom, Sakinabonu! Yaxshi taklif, ammo birorta oʻzbekcha manbada siz aytgan soʻz ishlatilmagan. „Yana qarang“ boʻlimida maqsad oʻquvchini eʼtiborli boʻlishga chorlash emas, balki mavzuga aloqador qoʻshimcha viki-maqolalarga yoʻnaltirishdir. Nataev munozara 10:07, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Taklif etilayotgan oʻzgarishni qoʻllab-quvvatlayman. Malikxan munozara 19:58, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
„Yana qarang“ variantini maʼqullayman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 05:58, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  • Endi shuningdek qarang sifatoda berilgan barcha maqolalarni qayta tahrirlab yana qarang holiga keltirib chiqamizmi?! Taklif: Uskunlar paneliga ham Adabiyotlar Manbalar tugmalarini kiritgan singari Yana qarang tugmachasini qo'shib qo'ysangizlar yaxshi bo'lar edi nazdimda. Panpanchik (munozara) 10:32, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Bir ovozdan „Shuningdek qarang“ oʻrniga „Yana qarang“ deb yozishga kelishildi. Bunda nari shu qoidaga amal qilamiz — barcha maqolalarda. Malikxan, botni ishga solsangiz boʻladi. Nataev munozara 09:03, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Snoskalar[manbasini tahrirlash]

Bu masala boʻyicha ham bizda xaos. Bir qoidaga amal qilishni taklif qilaman. Ruscha yoki inglizcha variantni tanlaymizmi, farqi yoʻq. Asosiysi — hamma bir xil qoidaga amal qilishi. Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Snoska masalasida chigallik yuzaga kelishi gʻalatidek tuyulyapti. Chunki wikimarafondan oldin administatorlar va boshqa foydalanuvchi (taxminimcha, 86 %dan yuqori)lar ruwikidek kabi (avval snoska, keyin nuqta varianti)dan foydalanishgan. Ushbu usulni qoida bilan mustahkamlab qoʻyishni taklif qilaman. Bu borada tezroq bir qarorga kelish kerak, deb hisoblayman. Ushbu fikrimni nufuzli manba bilan tasdiqlay olmayman. Nega deganda, snoska — izoh — keltirilgan manba toʻgʻrisida tilimizda aniq bir qoida yoʻq. Har xil manbada har xil koʻrinish. Shuning uchun tajribali vikichilar oldindan qoʻllab kelgan usuldan foydalanishni maslahat bergan boʻlar edim. MaxiMillian munozara 09:32, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

WikiStipendiya marafonidan oldin foydalanuvchilarning 86 foizidan yuqorisi manbalarni nuqtadan oldin qoʻyishgan deyishingiz notoʻgʻri. Aksincha, marafon boshlangandan keyin manbalar nuqtadan oldin qoʻyilgan maqolalar koʻpaydi. Sababi Telegram guruhda administrator(lar) yangi foydalanuvchilarga shuni tavsiya etishdi. Bundan tashqari, oʻzbekcha Vikipediyada insource:/".<ref>"/, deb qidirsangiz, insource:/"<"\/"ref>."/ga qaraganda ancha koʻproq natija olasiz. Malikxan munozara 20:02, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Oʻzbekcha Vikipediyada manbalar hamda izohlar nuqta, vergul, ikki nuqta va nuqta verguldan oldin qoʻyiladi, keyin emas. Agar gap soʻroq, undov yoki koʻp nuqta bilan yakunlansa, manba/izoh bu belgilardan keyin qoʻyiladi; shuningdek, manbalar/izohlar qoʻshtirnoqlardan keyin qoʻyiladi. Ushbu qoidaga barcha oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari kim boʻlishidan qatʼiy nazar amal qilishi shart. Ushbu qoidani toʻliq qoʻllab-quvvatlayman va maʼqullayman. Humoyun Qodirov (munozara) 09:14, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Eskidan bildirib kelgan fikrim — snoskalarni „matn[1].“ koʻrinishida qoʻllash tarafdoriman. Jamshid Nurqul (munozara) 09:20, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
@Nodir og‘a, snoska masalasi faqatgina nuqtadan oldin va keyin kelishi emas, boshqa tinish belgilari bilan kelganda qay tartibda yozilishi haqida ham o‘ylamoq kerak, menimcha. Qavs, ikki nuqta va hokazolar. Meni fikrim:
  • (So‘z)[1]
  • So‘z[1]:
  • So‘z[1];
  • So‘z[1].
  • So‘z[1],
kabi ko‘rinishlarida bo‘lishini yoqlashdir. MaxiMillian munozara 09:32, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Aha, bular haqida ham bir qarorga kelish kerak. Lekin soʻz emas, jumla deb olganimiz soz, menimcha. Nataev munozara 09:38, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Bu, albatta, misol. Qoidalarda „jumla“, deya olinishi kerak, menimcha ham. MaxiMillian munozara 09:40, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Bajarildi. Nataev munozara 09:50, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Ajoyib! Menimcha, qoida sifatida tasdiqlandi, deb o'ylayman. MaxiMillian munozara 12:16, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Manbalar nuqtadan keyin qoʻyilishini qoʻllab-quvvatlayman. Malikxan munozara 19:58, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Ikkala qoidaga ham amal qilish varianti taklif qilinganida edi, shuni tanlagan boʻlardim. Bir qoidaga amal qilish kerak boʻladi uchun, manbalar nuqtadan oldin koʻrsatilishi tarafdorlari safiga qoʻshilaman. Sababi, men duch kelgan aksariyat oʻzbekcha ilmiy maqola va kitoblarda shunday koʻrsatilgan ekan (Misol uchun, qarang) — Kagansky (munozara) 19:50, 23-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Ijtimoiy tarmoqlar manbaa bo'la olmaydiku. Keyin bu manbaa to'g'riligiga kim kafolat bera oladi. Meni taklifim hozir deyarli hamma marofonu oldingi ishtirokchilarni 80 % dan ko'prog'i eng wikidan tarjima qilayapti. ru wiki ko'p holatlarda andozalari yoki ayrim bir tarjimalari tushmaydi. Shundayligini hisobga olib menimcha ingliz variantini tanlaganimiz yaxshi. Agar ru wiki varianti tasdiqlansa, uni bot orqali o'tkazish menimcha muammo tug'dirmaydi.ShohjahonSobirov (munozara) 11:31, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
ShohjahonSobirov, „manbaa“ nima u? Keyin, qayerda ijtimoiy tarmoq manba oʻlaroq koʻrsatilibdi? Bir marafon doirasida tarjima koʻp qilinayotgani butun boshli viki uchun qoida belgilashda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Nataev munozara 03:53, 25-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, fikrlaringiz juda oʻrinli, ammo „lekini“ bor. Bizdagi hozirgacha chiqarilgan ilmiy adabiyotlar va qoʻllanmalarda ruscha vikipediyadagi snoskalar haligacha ham qoʻyiladi. Sababi hammaga maʼlum, bizning til boʻyicha mavjud qoidalar ishlab chiqilmagan. Eldor Asanov mana bu fikrlari ham shunga javob boʻla oladi: Ўзбек тилидаги эски методика ва постколониал мерос, Хулоса. Shuning uchun administratorlar munozarada bildirilgan fikr-mulohazlarni koʻrib chiqishib, oʻzlari yakdil qaror qabul qilishlari toʻgʻri ish boʻladi. Humoyun Qodirov (munozara) 07:10, 25-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Avvalo ikkita "a" uchun uzr. Menga qaysi yo'lni tanlanishini qizig'i yo'q. Faqat tezroq qoida bo'lib shakllanishi qiziqroq ShohjahonSobirov (munozara) 13:26, 25-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik manbalarni aksar oʻzbekcha manbalardagi hamda ruscha Vikipediyadagi kabi nuqta, vergul, ikki nuqta va nuqta verguldan oldin, soʻroq belgisi, undov belgisi, uch nuqta va qavsdan keyin qoʻyishni yoqladi. Bundan nari ushbu qoidaga amal qilamiz — barcha maqolalarda. Nataev munozara 09:08, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]