Vikipediya:WikiStipendiya II marafoni/Tarjima marafoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Tarjima marafoni – 2023-yilning 1-sentyabridan 1-dekabriga qadar davom etuvchi marafon, unda oʻzbek tilidagi ayrim maqolalarni fransuz, ispan, ingliz, nemis va rus tillariga tarjima qilish koʻzda tutilgan.

  1. Tarjima marafoni boshlanganidan soʻng 20 ta maqola yaratgan nomzodlar marafonda toʻlaqonli ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi;
  2. Maqolani boshqa tillardagi loyihalardan tarjima qilish ham, mustaqil yaratish ham mumkin;
  3. Roʻyxatga biror bir mavzudagi qoʻshimcha maqolani kiritish uchun tavsiya etilgan maqolalar sahifasining munozarasiga yozish orqali sababini tushuntirishingiz kifoya. Faqat shundan soʻnggina qoʻshimcha maqola roʻyxatga qoʻshilishi mumkin boʻladi;
  4. Yuqorida sanab oʻtilgan tillardan birida maqolani noldan yaratish yoki, agar maqola oʻsha tilda chala (qoniqarsiz) holda mavjud boʻlsa, uni toʻldirish mumkin. Tarjima qilingan maqola (xoh u noldan yaratilgan boʻlsin, xoh toʻldirilgan) original tildagi maqolaning chala oʻgirilgan varianti boʻlib qolmasligi kerak, yaʼni maqola matni toʻliq tarjima qilinishi lozim;
  5. Maqolani boshqa tildagi loyihaga tarjima qilishdan oldin oʻsha loyiha mezonlari bilan tanishib chiqish lozim. U yerdagi mezonlar oʻzbekcha Vikipediyadagi mezonlardan farq qilishi mumkin;
  6. Hakamlar foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda jadvalga 30-noyabr 23:59 (Toshkent vaqti bilan) gacha kiritilgan maqolalarnigina baholashadi;
  7. Barcha shartlarni qoniqtiruvchi (kamida 200 ta soʻz, nufuzli manbalar, qoidaga mos ravishda rasmiylashtirish, toʻliq tarjima qilingan) maqolalarga 10 ball beriladi;
  8. Bir-biriga bogʻliq mazmundagi har 200 ta soʻzga 10 balldan beriladi;
  9. Maqolada ogohlantiruvchi andozalar koʻrsatilgan boʻlsa -3 jarima balli beriladi;
  10. Maqola boshqa foydalanuvchi tomonidan yaxshi holatga keltirilgan boʻlsa -5 jarima balli beriladi;
  11. Hakamlar tomonidan har bir tarjima maqola uchun (maqolaning toʻgʻri tuzilishi, nufuzli manbalar koʻrsatilganligi, rasmlar nomlanishi, grafiklar, jadvallar, turkumlar) qoʻshimcha ball berishi mumkin;
  12. Bajarilgan ishlar tarjima qilingan tildagi loyihada tekshiruvdan oʻtganidan soʻng hakamlar tomonidan tekshiriladi. Agarda maqola oʻchirilgan boʻlsa yoki tahrirlar qaytarilgan boʻlsa foydalanuvchining hissasi hisobga olinmaydi va 0 ball bilan baholanadi;
  13. Tanlov ishtirokchisi oʻzbekcha Vikipediyadagi mavjud maqoladan yoki (agar oʻzbekcha Vikipediyadagi maqola toʻliq/qoniqarli yozilmagan boʻlsa) boshqa tildagi Vikipediyadan yoxud oʻzida mavjud nufuzli manbadan foydalangan holda maqolalarni yuqorida sanab oʻtilgan til(lar)ga tarjima qilishi mumkin;
  14. Hakamlarning qarori qatʼiy va muhokama qilinmaydi. Hakamlar raqobat va halol oʻyin qoidalarini qoʻllash maqsadida marafon tugaguniga qadar qoidalarga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish ushbu shartlarga toʻliq rozilik bildirganingizdan darak beradi.

Mukofot jamgʻarmasi[manbasini tahrirlash]

  • 1-oʻrin uchun – 20 million soʻm
  • 2-oʻrin uchun – 15 million soʻm
  • 3-oʻrin uchun – 10 million soʻm

Shuningdek, yuqori natija koʻrsatgan kuchli oʻntalikka 5 million soʻm miqdorida pul mukofotlari berilishi nazarda tutilgan.

Mukofotlarni topshirish marafon yakunida oʻtkaziladi.

Gʻoliblar roʻyxati
Ism-sharifi Surati Foydalanuvchi nomi Egallagan oʻrni
1. Xabibulla Muxamedov Xabibulla Muxamedov I oʻrin
2. Jahongir Odilov JakhongirOdilov II oʻrin
3. Sergey Krilov Spartak22 III oʻrin
4. Azimxon Abbosxonov Memorx4 IV oʻrin
5. Javohir Zarifboyev Zarifboyev V oʻrin
6. Shoxruxjon Nazirxonov Arizan 1993 VI oʻrin
7. Azizbek Karimov Azizbek Karimov VII oʻrin
8. Lyudmila Krilova BMA11 VIII oʻrin
9. Kira Novojenina NotRealNameeee1 IX oʻrin
10. Kamil Titeyev Schweinsteiger23 X oʻrin
11. Malika Bobonazarova AdAstraUz XI oʻrin
12. Madina Kokanbayeva OyKB15 XII oʻrin
13. Anna Volkova Utka23 XIII oʻrin