Vikipediya:WikiStipendiya II marafoni/Hududiy oyliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Hududiy oyliklar — 2023-yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar Oʻzbekiston viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda, xususan, viloyatlardagi aholi punktlari, tarixiy joylar, shaxsiyatlar va hokazolar haqida yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni tahrirlash boʻyicha oʻtkaziladigan qator marafonlardir. Hududiy oyliklar marafonida dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etish mumkin.

Baholash tartibi[manbasini tahrirlash]

Hududiy oyliklar doirasida yaratilgan maqolalar maxsus fountainga (Resurslar boʻlimiga qarang) kiritib boriladi. Oylik marafon hakamlari sahifaga yangi kiritilgan yoki tahrir qilingan maqolalarni koʻrib chiqib, qabul qilishlari yoki qabul qilmasliklari mumkin.

Yangi yaratilgan maqolalar kamida 200 soʻzdan iborat boʻlishi, bilgiqutiga ega boʻlishi, turkumlashtirilgan hamda kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi lozim.

Tahrirlangan maqolalar tarkibiga kamida 200 soʻz qoʻshilganda qabul qilinadi. Tahrir qilingan maqolada ham bilgiquti mavjud boʻlishi, kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi hamda turkumlashtirilgan boʻlishi lozim.

Marafonga qabul qilingan har bir maqola uchun 1 ball beriladi. Maqolasi kiritilayotgan yoki fotosurati mavjud boʻlmagan maqolaga tahrir davomida yuklangan sifatli fotosuratlar uchun qoʻshimcha 1 ball beriladi. Ushbu turdagi fotosuratlar ishtirokchining oʻzi tomonidan tasvirga olingan hamda yuklangan boʻlishi lozim. Bunda fotosuratlar aynan maqola mavzusidagi joydan olingan boʻlishi lozim. Fotosuratlar hakamlar hayʼati aʼzolari qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin.

Ballar boʻyicha eʼtirozlar ushbu sahifaning munozarasida bildirilishi lozim. Hakamlar hayʼati aʼzolarining shaxsiy manzillari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar orqali yoʻllangan murojaatlar marafondan chetlashtirishga sabab boʻladi.

Agar oylik doirasida yaratilgan yoki toʻldirilgan maqolalar statusli maqola darajasiga koʻtarilsa, quyidagi tartibda qoʻshimcha ballar beriladi:

  • Tanlangan maqola statusi uchun — 10 ball
  • Yaxshi maqola statusi uchun — 7 ball
  • Xushsifat maqola statusi uchun — 5 ball

Mukofot jamgʻarmasi[manbasini tahrirlash]

Hududiy oyliklarning har birida mukofot jamgʻarmasi mavjud boʻlib, har bir oylikda yuqori oʻrinlarni egallagan foydalanuvchilar quyidagi tartibda mukofotlanadi:

  • 1-oʻrin uchun — 10 million soʻm
  • 2-oʻrin uchun — 5 million soʻm
  • 3-oʻrin uchun — 3 million soʻm

Mukofotlarni topshirish har bir hududiy oylik yakunida oʻtkaziladi.

WikiStipendiya marafonining I mavsumi 1-, 2-, 3- oʻrin gʻoliblari II mavsumda ishtirok etishlari cheklanmaydi. Biroq, ular oʻtkaziladigan oyliklar doirasida gʻolib safida boʻla olmaydilar. Ushbu qoida har bir hududiy oylik uchun amal qiladi.

Administratorlar, sobiq administratorlar hamda xulosa chiqaruvchilarning oyliklar doirasida ishtiroklari cheklanmasa-da, gʻoliblar safida boʻla olmaydilar. Ushbu qoida har bir hududiy oylik uchun amal qiladi.

Oʻtkazilgan oyliklar[manbasini tahrirlash]

Oʻtkazilgan oyliklar va ularning natijalari
T/R Oylik nomi Oʻtkazilgan muddati Natija
1. Vodiy oyligi 01.06.2023 — 30.06.2023 Natija
2. Zarafshon oyligi 01.07.2023 — 31.07.2023 Natija
3. Voha oyligi 01.08.2023 — 31.08.2023 Natija
4. Markaziy Oʻzbekiston oyligi 01.09.2023 — 30.09.2023 Natija
5. Amudaryo oyligi 01.10.2023 — 31.10.2023 Natija
6. Toshkent oyligi 01.11.2023 — 30.11.2023 Natija

Oyliklar natijalariga koʻra gʻoliblar[manbasini tahrirlash]

Oʻtkazilgan oyliklar boʻyicha gʻoliblar roʻyxati
Oylik nomi Ism-sharifi Surati Foydalanuvchi nomi Egallagan oʻrni Yaratgan maqolalari soni Tahrir qilgan maqolalari soni
1. Vodiy oyligi Dilnoza Mahmudova DMahmudova I oʻrin 91 29
2. Sitora Oblakulova Sitora Oblakulova II oʻrin 69 44
3. Anvarxon Mahmudov Anvarkhoja III oʻrin 104 7
4. Zarafshon oyligi Umid Baqoyev Umid1108 I oʻrin 57 26
5. Mahmud Hamrayev Mahmud Hamrayev II oʻrin 58 69
6. Abdufattohov Ibrohimjon Abdufattohov Ibrohimjon III oʻrin 72 18
7. Voha oyligi Maqsudxonov Kamron Komrontoy I oʻrin 11 94
8. Javohir Toʻrayev Creobek II oʻrin 27 43
9. Javohir Yormatov Yormatov Javohir III oʻrin 16 74
10. Markaziy Oʻzbekiston oyligi Visola Tangirova Visola Tangirova I oʻrin 94 58
11. Gulhayo Mahmudova ShHamrayev II oʻrin 63 63
12. Ahror Abdugʻafforov Ahror Akramovich III oʻrin 113 32
13. Amudaryo oyligi Dilnoza Qozixonova Diwikiped I oʻrin 39 46
14. Shahriyor Muhamedov Shahriyor06 II oʻrin 47 34
15. Durdona Tosheva WikiWriter0102 III oʻrin 22 60
16. Toshkent oyligi Muxidinxonova Diloromxon Diloromkhan I oʻrin 233 83
17. Ilhom Jovliyev Devona Jovliyev II oʻrin 271 17
18. Dilshodov Mirzaolim Janob Mirzaolim III oʻrin 69 74