Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Klassik musiqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nominator(lar): Visola Tangirova(menga yozish!) 14:17, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, hurmatli administratorlar hamda Vikipediya faollari. Ushbu Gʻarb klassik musiqasi haqidagi maqola ingliz tilidan tarjima qilib yaratildi. Oʻqib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Visola Tangirova(menga yozish!) 14:17, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Hormang! Maqoladagi umumiy kamchiliklardan biri unda kompozitor soʻzi oʻrniga bastakor soʻzini ishlatish boʻlib, bular bir-biriga oʻxshash, lekin boshqa-boshqa atamalar hisoblanadi. Endi boshqa kamchiliklarga oʻtsak:

  1. Kirish qismida „Art music“ jumlasini „badiiy musiqa“ deb tarjima qilgansiz. Lekin amaliyotda bunday atama yoʻq, balki akademik musiqa bor (qarang: Vokal va zamonaviy musiqa, 10-bet).
  2. Keyin „musiqiy shakli va notalar uygʻunligi tuzilishidagi“ emas, „musiqiy shakli va garmonik tuzilishi“ boʻladi. Yana „polifoniya ishlatilishi bilan ajralib turadi jumlasida gʻalizlik bor, uni polifoniyadan foydalanishi bilan ajralib turadi deb tarjima qilgan yaxshiroq.
  3. Satr soʻngidagi „Gʻarb madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan klassik musiqa koʻpincha bastakorlarning solistik yoki guruh sifatida qarashlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi“ gapidagi „solistik“ va „guruh“ soʻzlarini qayerdan oldingiz tushunmadim? Inglizcha „groups“ soʻzida Composition school maqolasiga berilgan ichki havola bor (ruscha: Композиторская школа). Bu maqola oʻzbekchada vikipediya boʻlmasa-da, amaliyotda „kompozitorlik maktabi“ atamasi qoʻllanadi (qarang: Xalq cholg‘ularida ijrochilik, 19-bet

Bular birinchi satrdagi kamchiliklar. BEKIPEDIYA #yozishma 15:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi asosli tanqida qoʻshimcha qilmoqchiman: tuppa-tuzuk wikt:kasseta soʻzi „kasset“ boʻlib qolibdi! Maqolaga AT andozasini qoʻshaman. Nataev munozara 18:38, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
  1. Yuqorida yozganimga oʻxshash kamchiliklar koʻrib chiqilishi kerak. Keyin fikrimni oʻzgartirish mumkin, lekin ungacha  qarshiman. BEKIPEDIYA #yozishma 15:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]