Konsta
Konsta | |
---|---|
![]() Konsta | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Abdullayev Sharifjon Shokir o‘g‘li 9-sentyabr 1992-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi |
Janr | pop, rep |
Faoliyat yillari | 2009-yildan hozirga qadar[1]. |
Veb-sayt | https://konsta.uz/ |
Konsta (asl ismi: Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli, 1992-yil 9-sentabr, Sirdaryo, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik reper. Jamiyatdagi ayrim muammolarga bagʻishlangan musiqalari bilan omma orasida tanilgan[2][3].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yil 9-sentabrda Guliston shahrida tugʻilgan. Kollejni tugatgach, oilasi bilan birga maʼlum vaqt Guliston shahridagi bozorda ishlab yurgan. Sharif Abdullayev 2012-yili Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida ketgan[4].
Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sharif Abdullayev ilk bor 2011-yildan boshlab qoʻshiq yozishni boshlagan[5]. Moskvada ishlab yurgan vaqtlarda Sentr, Guf va Ptaha kabi reperlarga qarashli studiyada ishlovchi xorazmlik yigit orqali oʻz qoʻshiqlarini yozdirgan[5].
2012—2013-yillarda „Koʻchalar guvoh“ qoʻshigʻi orqali oʻz shahrida tanilgan[6]. „Gulim“ taronasi ortidan ancha mashhurlikka erishgan[7]. Bloger Timur Alixonov bilan birga kuylagan „Boy“ treki esa ijodida keskin burilish yasagan. „Ertasi yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Utopiya“, „Chumoli“, „Odamlar ucha olar“, „Biz yoʻq joyda“, „Odamlar nima deydi“ kabi jamiyatdagi muammolarga qaratilgan qoʻshiqlar kuylagan[5]. 2022-yil 31-mart kuni Zarafshon konsert zalida birinchi konsertini bergan[8]. Ijodida asosan oʻzbek mehnat muhojirining hayoti va muammolariga eʼtibor qaratib keladi[9].
2023-yil 18-aprel kuni Konsta ijrosidagi „Oʻzbekistonlik“ filmi uchun kuylangan saundtrek klipi YouTube platformasiga joylangan. Klip bir kun ichida 100 000 marta tomosha qilingan[10]. Konsta tomonidan kuylangan „Havo“ nomli qoʻshiq hamda klipda Toshkent shahri ob-havosining buzilishi, shuningdek, ekologik inqiroz bilan bogʻliq jarayonlar ochib berilgan[11][12][13][14][15][16]. Konsta 2023-yil 9-sentyabr kuni „Kulrang“ albomidagi „Jonga tegdi“ qoʻshigʻiga olinga klipini eʼlon qildi. Bu qoʻshigʻi orqali Konsta bir xil qolipga tushib qolgan televideniye va sanʼat haqida kuylagan[17].
Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi | Chiqarilgan yili | Albomda joy olgan qoʻshiqlar |
---|---|---|
Alximik[18] | 2020-yil |
|
Biz yoʻq joyda[19] | 2021-yil |
|
Inson[20] | 2022-yil |
|
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „KONSTA - БИОГРАФИЯ“ (9-oktyabr 2020-yil). 25-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Репер Конста: Рэперман десанг, «You-you» қиласанми дейишади. Шоу- бизнес, эстрада 70-80% мусиқаси репдаги 5 та «трек»чалик маъноли бўла олмайди! (+Катта интервью)“ (22-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2022-yil.
- ↑ „O‘zbek rep evolyutsiyasi vakillari: Konsta, Timur Alixonov va boshqa reperlar ijodini qanday boshlagan?“.
- ↑ „Конста рэпер Минор билан муносабатлари қандайлигини айтди“ (24-yanvar 2022-yil). 24-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-dekabr 2022-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Ижодлари ксерокопия эмас“ (1-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2022-yil.
- ↑ „«Ko'chalar guvoh» – Konstani tanitgan tarona“. 26-mart 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2023-yil.
- ↑ „Estrada oʻrnini repga boʻshatib beryaptimi? Maishiy mavzulardan uzoq, ijtimoiylashib borayotgan oʻzbek repining bugungi qiyofasi“. 3-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2023-yil.
- ↑ „Концерт Konsta“ (29-mart 2022-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Odamlar hech qachon o‘lmaydigandek yashaydilar – Konsta qanday kitoblarni tavsiya qiladi“ (26-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
- ↑ uz, Daryo „Konsta ijrosidagi “O‘zbekistonlik” saundtreki bir kunda qariyb 100 ming marta ko‘rildi“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ uz, Daryo „Конста экологик муаммоларга бағишланган “Ҳаво” номли қўшиқ ва клипини тақдим этди (видео)“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „Конста «Ҳаво» номли қўшиғига клип“ (ru-RU). Bugun.uz (5-iyul 2023-yil). 27-iyul 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „KRuz.uz |Rәsmiy kanal“. Telegram. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „«Не могу вдохнуть полной грудью»: Konsta выпустил клип о качестве воздуха в Ташкенте - Срочные новости Узбекистана: Repost.uz“ (ru). Repost. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „«Не могу вдохнуть полной грудью». Konsta выпустил клип о качестве воздуха в Ташкенте“ (ru). Газета.uz (25-iyun 2023-yil). Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „Konsta ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Havo” nomli qo‘shiq va klipini taqdim etdi – ShouBiz — Юлдузлар билан ёнма-ён!“. shoubiz.uz. 18-iyul 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „Konsta televideniye sanoati haqida “Jonga tegdi” klipini e’lon qildi — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (11-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2023-yil.
- ↑ „Alhimik. Konsta“. 29-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2023-yil.
- ↑ „Biz yoʻq joyda. Konsta“. 8-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2023-yil.
- ↑ „Inson. Konsta“. 29-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2023-yil.