Yordam:Munozara sahifalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:MSdan yoʻnaltirildi)

Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yoki boshqa sahifalarni yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin.

Munozara sahifalarida xabar qoldirganingizda, imzo qoʻyishingiz lozim. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi. Imzo qoʻyish uchun xabaringizni yozib boʻlgandan soʻng, uni saqlashdan avval xabar oxiriga toʻrtta tilde (~~~~) belgisini qoʻyish yoki shunchaki tahrir oynasi tepasidagi tugmasini bosish kifoya qiladi.