Vikipediya:Inqiroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

UPD: Foydalanuvchilar oʻz fikrlarini bildirishdi, biz yopilmaymiz.

Diqqat: Quyidagi matn dolzarb emas.
Text-x-generic.svg Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Bugun (2011-yil 15-yanvar) Vikipediya 10 yoshga toʻldi. Bu vaqt ichida u aql bovar qilmas darajada kengayib, inglizcha boʻlimi 3 million, olmoncha va farangcha boʻlimlari 1 milliondan ziyod qomusiy maqolalarga ega boʻldi. Vikipediyaning boshqa tillardagi boʻlimlari ham bilimlarga toʻlib, gurkirab rivojlandi. Ushbu vebsayt el eʼtiboriga tushib, Google, YouTube, Facebook kabi resurslar qatorida birinchi oʻnlikdan joy oldi.

Biroq Vikipediyaning oʻzbekcha boʻlimi stagnatsiyada qolib ketdi va hamon shu turgʻunlikdan chiqa olmayapti: Vikipediya boʻlimlari roʻyxatida biz sharmandali 108-oʻrindamiz va qulashda davom etmoqdamiz. Buning sababi sifatida turli faktorlar keltiriladi, xususan, internetda oʻzbek tilini biluvchilar kamligi, Oʻzbekistonda internet kam tarqalganligi va hk. Bu vajlar juda yuzakidir. Zero, hozirda mamlakatimizda 7,3 million internet-foydalanuvchilari bor. Boringki, ulardan 1 (bir) foizi oʻzbekchani yaxshi tushunsin, savodi kelishgan boʻlsin. Bu 73 ming nafar foydalanuvchi degani. Ulardan har biri Vikipediyada aqalli 1 (bir) dona tayinli maqola yozganida ham, biz darhol qardosh ozarbayjonlardan oʻzib ketgan boʻlur edik.

Mayli, maqolalar soni oʻz yoʻliga. Berayotganimiz axborot sifati ham juda oqsamoqda. Nega? Yana oʻsha muammo, bilimli foydalanuvchilar tanqisligi. Bizni deyarli hech kim oʻqimaydi.

Oʻzbekcha Vikipediya kerak emas.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Vikipediyaning oʻzbekcha boʻlimini yopish masalasini oʻrtaga tashlayman. Fikr va mulohazalaringizni Munozara sahifamizda qoldiringiz.

Sapienti sat.