Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Kagansky

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quyidagi munozara muvaffaqiyatli yopilgan administratorlikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Natija (10/0/0); Malikxan munozara tomonidan 15:30, 18-Noyabr 2021 (UTC) da muvaffaqiyatli yopildi.[javob berish]

Foydalanuvchi haqida maʼlumot[manbasini tahrirlash]

Kagansky (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Tahrirlar soni 9480 barcha tahrirlar, ulardan 7625 (80,7 %) tahrir maqolalar nomfazosida
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish 1,1 % katta oʻzgarishlarda va 98,9 % kichik tahrirlarda
Birinchi tahriri kuni 2020-02-27 19:22
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni 44,3
Ovoz berish oʻtkaziladi 2021-11-11 dan 2021-11-18, 15:00 UTC gacha

Sharhlar[manbasini tahrirlash]

Ovoz beruvchilarga talablar[manbasini tahrirlash]

Ovoz berishda 2021-11-18 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:

  1. maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
  2. 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 12-09-2021 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim).

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman - Viki faoliyatingiz tahsinga sazovor - Xusinboy Bekchanov (munozara) 12:57, 11-Noyabr 2021 (UTC).[javob berish]
  2.  Roziman - Lyncos (munozara) 17:41, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman - Muxriddin Azimov (munozara) 14:07, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman - Jamshid Nurqul (munozara) 14:24, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Nataev munozara 06:12, 13-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman - Artemev Nikolay (munozara) 18:47, 15-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman - Guldona Bonu Murat (munozara) 21:20, 16-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman - Yaxshi va munosib foydalanuvchi --VASHGIRD (munozara) 08:27, 17-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman - Akhrarova Ezoza (munozara) 19:26, 18-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman - Gayrat98 (munozara) 15:49, 18-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Nomzodga savollar[manbasini tahrirlash]

Standart savollar[manbasini tahrirlash]

  • Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
  1. Vikipediya qoidalarini buzgan roʻyxatdan oʻtgan va anonim foydalanuvchilarni bloklash;
  2. Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqolalarni va nomida xato bor yoʻnaltiruvchi sahifalarni oʻchirish;
  3. Oʻchirilgan sahifalar tarkibini koʻrish va Vikipediya uchun zarurlarini tiklash;
  4. Sahifalarni himoya qilish darajasini oʻzgartirish (zarur paytda himoya oʻrnatish va olish);
  5. Foydalanuvchilarga administrator vakolatidagi statuslarni berish va ularni olish. — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
Ijobiy. Administratorlarga yordam berish maqsadida vandalizmni oldini olish (vandal tahrirlarni qaytarish), shuningdek, koʻplab oʻchirilishi kerak boʻlgan sahifalarga {{delete}} andozasini qoʻshib chiqishda; notoʻgʻri nom bilan yaratilgan koʻplab sahifalarni qayta nomlashda va ularga yoʻnaltirilgan sahifalarni qayta yoʻnaltirishda; ensiklopedik ahamiyatga ega va maʼlum sabablarga koʻra oʻchirilishi kerak boʻlgan yangi maqolalarni yaxshi holatga keltirishda; oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismini yaxshilashda/yaratishda qatnashdim. — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  • Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
Ziddiyatda boʻlmaganman. Barcha muhokamalar Vikipediya loyihasi doirasida amalga oshirilgan deb hisoblayman. Kelgusida ziddiyatlar yuzaga kelsa, Vikipediya tamoyillaridan chetga chiqmagan holda hal qilinishiga ishonchim komil! — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  • Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? ([Bloklash jurnali])
Vikipediyada biror marta ham bloklanmaganman. — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  • Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilari bilan «Oʻzbekcha Vikipediya (chat)» va «Wikimedians of the Uzbek Language User Group» telegram guruhlari doirasida tanishman. — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
  • Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
Yoʻq. — Kagansky (munozara) 11:56, 11-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]


Malikxandan qoʻshimcha savollar[manbasini tahrirlash]

Avvalambor, hamjamiyatimizga xizmat qilishni taklif qilganingiz uchun tashakkur. Quyidagi savollarga batafsil javob kutaman, ishonamanki, javoblaringiz meni qoniqtiradi. :) Malikxan munozara 17:23, 23-Sentabr 2020 (UTC)

Savolni bermay turib, javobim sizni qoniqtirishini oʻqib, demak javob berish shart emas ekan degan fikr xayolimdan oʻtdi. Lekin, «batafsil javob kutaman» deyilganini koʻrib kuttirmay qoʻyaqoldim ;). — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
1. Hozirgi siyosatimiz va amaliyotimiz haqida fikringiz qanaqa va qoʻllab-quvvatlashni xohlamayotgan foydalanuvchilarga nimani taʼkidlab oʻtmoqchisiz?
Qanaqa/kimlarga tegishgli siyosat va amaliyot toʻgʻrisda soʻz borayotganini unchalik ilgʻamadimda, nima boʻlganda ham yomon boʻlmasa kerak. Nimanidir/kimnidir qoʻllash yoki qoʻllamaslik bu nafaqat Vikipediyada, hayotda ham har kimning oʻzining huquqidir. — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
2. Sizningcha, Vikipediyani yangi hissa qoʻshuvchilar uchun qulay joyga aylantirishda administratorning roli qanday? Vikipediyada yangi hissa qoʻshuvchilarni kutib olish uchun administrator sifatida qanday harakatlarni amalga oshirmoqchisiz?
Yangi hissa qoʻshuvchilar uchun qulay joyga aylantirgisi kelganning xohlagani bu ishni qilishga haqli. Buning uchun administrator boʻlish talab etilmaydi. Yaxshi hissa qoʻshganini koʻrib qolsam tahririga rahmat tugmachasini bosishim aniq. — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
3. Vikipediyada administrator sifatida odatdagi kunni tasvirlab bera olasizmi?
Toʻgʻrisi, tasvirlab berolmayman. Har bir kunimni bu darajada mayda-chuydasigacha aniq rejalashtiradigan odatim yoʻq. — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
4. Faqat administrator boʻlish uchungina hissa qoʻshadigan, keyin tahrirlashni toʻxtatib, yoʻqolib ketadigan foydalanuvchilar haqida nima deb oʻylaysiz?
Bu har kimning oʻzining huquqi. Xohlasa hissa qoʻshadi, xohlamasa — qoʻshmaydi. — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
5. Muayyan foydalanuvchilarga, ayniqsa, ular muammolarga duch kelganda, ularga yoʻl koʻrsatuvchi sifatida ishlashni rejalashtirmoqdamisiz? Siz ilgari shunday qilganmisiz?
Bu savolning javobini oʻzingiz ham bilishingiz menga maʼlum. — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
6. „Kechirasiz“ deyishdan tashqari qoʻpol administrativ qarorlar uchun javobgarlikni olishga tayyormisiz?
«Qoʻpol administrativ qaror»? Nima u? — Kagansky (munozara) 16:20, 12-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]
Yuqoridagi savollarga berilgan javoblar gʻalati tuyulishi mumkin. Bir narsani taʼkidlab oʻtish joiz, ular hayotiy, real holatdan kelib chiqib yozildi. Fikrimcha, biror natija koʻrsatmay turib balandparvoz vaʼdalarni oldindan bergandan koʻra, oʻsha natijaga erishib, amalda koʻrsatgan toʻgʻri ish boʻladi. — Kagansky (munozara) 06:02, 13-Noyabr 2021 (UTC)[javob berish]


Yuqoridagi munozara administratorlikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang. Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.