Kontent qismiga oʻtish

Vezzi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Koʻzoynak. Vetssi chinni, 1720-1727. Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York .
Stakan yorligʻi. Vetssi chinni, Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York .

"Vetssi" italyan chinni brendi boʻlib, Venetsiyadagi chinni fabrikasida ishlab chiqariladi, 1720-yilda Vetssi oilasi tomonidan asos solingan. U Italiyaning birinchi chinni zavodidir[1]. Ishlab chiqarish taxminan 7 yil, 1727-yilgacha davom etib, 200 dan kamroq namunalar saqlanib qolgan. Vetssi qattiq loydan chinni idishlar yasagan. Vetssi ishlab chiqarish korxonasi Meysen va Vena zavodlaridan hunarmandlarni yollangan [2][3] .

Vetssi chinnisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vetssilar asosan choy toʻplamlari: kosalar, likopchalar, choynaklar, shuningdek, laganlar ishlab chiqargan. Koʻpgina dastasiz piyolalar tutqichsiz stakanlar koʻrinishida boʻlib, bizgacha saqlanib qolgan Vetssi chinnilarining katta qismini tashkil etuvchi choynaklar koʻpincha qolip yordamida berilgan shakllar, shu jumladan relyef bezaklari bilan bezatilgan. Chinni idishlar, odatda oq va yarimshaffof boʻlib, vaqt oʻtishi bilan sargʻish tusga kirgan. Ularning shakli kumushdan yasalgan oshxona anjomlarini takrorlagan, ammo Yevropaning yirik ishlab chiqarishlari va Osiyo mahsulotlari taʼsirida turli uslubda yorqin ranglarda boʻyalgan.[4][5] .

Franchesko Vetssi (1651-1740) zargar boʻlsa-da, biznesga „olibsotarlik“ nuqtainazaridan qaragani bois Vena chinni zavodiga tashrif buyuradi. Shuningdek, u oʻziga Venetsiya zodagon unvonini ham sotib oladi. Vetssi oʻz oʻgʻli Jovanni (1687-yilda tugʻilgan) boshqargan zavodni moliyalashtirgan. Vetssi oilasi 1721-yilda nemis ustasi Kristof Konrad Gungerni sherik qilib oladi. Gunger Vena shahrida ishlagan va Maysenga tashrif buyurib turgan va aynan shu yerda u avstriyalik va nemis ustalarining chinni ishlab chiqarishdagi baʼzi sir-asrorlarini bilib olgan[6][7].

Biroq, 1724-yilda Gunger Venetsiyani tark etadi va 1727-yilda Maysenga qaytib keladi. Ehtimol, ayni shu holat Saksoniyadan chinni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan kaolin yetkazib berishni toʻxtatishga olib kelgan[8]. Vetssi chinnisining oʻsha paytlardagi noyobligi shunda ediki, Vetssi hukmdorlarga tegishli boʻlgan yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vena va Maysen fabrikalaridan farqli oʻlaroq, davlat qoʻllab-quvvatlovidan foydalanmagan. Vetssi faqat bozor qonunlari asosida ishlagan. Natijada, Jovanni Vetssi alaloqibat, nafaqat boshqalar, balki otasi Franchesko qarshiligiga ham duch kelgan boʻlishi mumkin. 1727-yilda ota va oʻgʻil oʻrtasidagi kelishuv chinni pechlarini yoʻq qilish sharti bilan oʻgʻil qarzlarini qoʻqqa chiqardi.

  1. Chaffers, 472
  2. Le Corbeiller, 6
  3. „Teapot, 1720-27, Vezzi Factory“, Metropolitan Museum of Art
  4. Le Corbeiller, 6-7; Battie, 103
  5. „Teapot and cover“. Victoria and Albert Museum. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  6. Le Corbeiller, 6; Battie, 103; Favaro, 299
  7. Campbell, Gordon. The Grove Encyclopedia of Decorative Arts. New York: Oxford University Press, 2006. ISBN 9780195189483. 
  8. Le Corbeiller, 8