Vezirgeldi Ilyasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vezirgeldi Ilyasov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1992-yil 18-yanvar
Tavallud joyi Gum-Dag, Turkmaniston
Boʻyi 1.83 m
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2017 Ýedigen
2018—2019 Ahal
2020 Qizilqum 10 (0)
Milliy terma jamoa
Turkmaniston (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilyasov Vezirgeldi Omarovich (turkmancha: Wezirgeldi Omarowiç Ylýasow 1992-yil 18-yanvar, Gum-Dag, Turkmaniston) — turkman futbolchisi, Ashxobodning „Oltin Asir“ va Turkmaniston terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vezirgeldi Ilyosov 1992-yil 18-yanvarda Turkmanistonda Bolqon viloyatining Gum-Dag shahrida tugʻilgan.

Markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatini „Edigen“ (MTTU) futbol klubida boshlagan, soʻng „Oltin Asir“da oʻynagan. 2018—2019-yillarda Turkmanistondagi Anauning „Ahal“ jamoasida oʻynagan. Ikki marta Ilyosov tarkibida boʻlgan „Ahal“ jamoasi Turkmaniston milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan (2018- va 2019-yillar)[2]. OFK kubogida qatnashib, 14 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazib, 1 ta gol urgan[3][4].

2020-yilning fevral oyida u „Ahal“ va Turkmaniston terma jamoasi himoya markazidagi sherigi Abdi Byashimov[5] bilan birga markaziy yarim himoyachi[6][7] sifatida Oʻzbekistonning „Qizilqum“ jamoasiga oʻtdi. Ilyosovning shartnomasi 2021-yilning dekabri oxirigacha moʻljallangan edi[8] . 2020-yil 1-mart kuni Ilyosov jamoasi Oʻzbekiston Superligasida „Nasaf“ga qarshi oʻyinda (1:3) magʻlubiyatga uchradi[9]. 2020-yilning avgustida u oʻzbek klubini tark etdi va shundan soʻng yana Turkmanistonga qaytdi.

2021-yil aprel oyidan boshlab yana „Oltin Asir“da toʻp sura boshladi[10].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilyosov (5-raqam) Turkmaniston terma jamoasi bilan 2019-yilda BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida

Vezirgeldi Ilyasov 2018-yildan Turkmaniston terma jamoasiga jalb qilina boshladi. 2019-yilning 9-yanvarida u Turkmaniston terma jamoasi safidagi debyutini 2019-yilgi Osiyo Kubogining birinchi oʻyinida Yaponiya termasiga qarshi oʻtkazdi (1:3). Ilyosov Turkmaniston terma jamoasi safida jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ahal“
  • Turkmaniston chempionatining kumush medali sohibi: 2018—2019-yillar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Полузащитник сборной Туркмении Везиргельды Ильясов перешёл в «Кызылкум»“. 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  2. Zavershilsya chempionat Turkmenistana po futbolu[sayt ishlamaydi]
  3. „Wezirgeldi Ylýasow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com. 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  4. „Кубок АФК по футболу: «Ахал» победил ошский «Алай» в первом матче | Federatsiya futbola Turkmenistana“. tff.com.tm. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun. [sayt ishlamaydi]
  5. „«Кызылкум» пополнили Байчора, Бамба, Ильясов и Бяшимов“ (ru). www.transfermarkt.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  6. turkmenportal. „«Кызылкум» объявил о подписании туркменского защитника Абды Бяшимова | Sport“ (ru). Turkmenistan, internet portal o kulturnoy, delovoy i razvlekatelnoy jizni v Turkmenistane. 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  7. turkmenportal. „Абды Бяшимов в товарищеском матче забил первый гол за «Кызылкум» | Sport“ (ru). Turkmenistan, internet portal o kulturnoy, delovoy i razvlekatelnoy jizni v Turkmenistane. 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  8. „Abdy Byashimov - профиль игрока 2020“ (ru). www.transfermarkt.ru. 2020-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  9. „Абды Бяшимов и Везиргельды Ильясов дебютировали в Суперлиге Узбекистана | Sport“. 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  10. „Экс-футболист «Кызылкума» Ильясов подписал контракт с «Алтын асыром»“. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]