Vettius Valens
Antioxiylik Vettiy Valens – 8-fevral, 120-yilda tugʻilgan. Ellinistik davr astrologi, Klaudiy Ptolemeyningzamondoshi boʻlib, u bilan birga klassik astrologiyaning asoschisi hisoblanadi.
152—162-yillarda u yunon tilida „Antologiya“ (Ἀνθολογίαι) nomli 9 kitobdan iborat astrologiya boʻyicha asar yozgan. Bu asar ellinistik astrologiya anʼanalari haqida katta hajmdagi maʼlumotlarni, shuningdek, koʻplab aniq zodiaklar va ularning talqinlarini oʻz ichiga oladi.
Vettius Valens amaliyotchi astrolog boʻlgan. Turli astrologik texnikalar va qoidalarni nafaqat bayon etgan, balki ular haqida oʻz tanqidiy fikrlarini va kuzatishlarini bildirgan. Muallifning aniq pozitsiyasining mavjudligi Vettius Valensning „Antologiya“ asarini yunon astrologik adabiyotida eng qiziqarli asarlaridan biriga aylantirdi[1].
III-asrda Vettius traktati pahleviy tiliga, soʻngra pehleviy tilidan arab tiliga fors olimi al-Fadl ibn Naubakht tomonidan tarjima qilingan.
„Antologiya“ning arabcha varianti oʻrta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, „Germes Kitoblari“ga kiritilgan. Bu asar bugungi kungacha koʻp marta oʻzgartirilgan va qoʻshimchalar kiritlgan. Vettius Valens koʻrib chiqqan zodiaklardan maʼlumki, uning faol hayoti 150-yildan 173-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Komorowska J.. Vettius Valens of Antioch: An Intellectual Monography / Joanna Komorowska.. Kraków: Ksiegarnia Akademicka., 2004. ISBN ISBN 83-7188-721-3..