Vergiliy
Vergiliy | |
Publius Vergilius Maro | |
Tavallud sanasi: | 15 oktabr, mil. av. 70-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Mantui |
Vafot sanasi: | 21 sentabr, mil. av. 19-yil |
Vafot joyi: | Brundizium |
Kasb: | |
Faoliyat: | Qadimgi Rimlik shoir |
Janr: | epik sheʼriyat |
Publius Vergilius Maro (Publiy Vergiliy Maron) (15 oktabr, mil. av. 70-yil Mantui yaqinida - 21 sentabr, mil. av. 19-yil) — Qadimgi Rimning eʼtiborga sazovor shoirlaridan biri. Epik dostonning yangi turini yaratdi.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vergiliy Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqlidan yozilgan, unda Qadadimgi Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida o'zbek tilida nashr qilingan (1939).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |