Vera Komissarjevskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vera Komissarjevskaya
Tugʻilgan sanasi 27-oktyabr 1864-yil
Tugʻilgan joyi Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 10-fevral 1910-yil
Vafot joyi Toshkent, Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 18911910

Vera Fedorovna Komissarjevskaya (27-oktyabr 1864-yil – 10-fevral 1910-yil) – XX asr boshidagi rus aktrisasi, rus va sovet teatr va kino aktrisasining N. F. Skarskayaning katta singlisi (18681958).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Fedorovna Komissarjevskaya (1930-yillarning oxirigacha familiyasi Kommissarjevskaya deb yozilgan) 1864-yil 27-oktyabr Sankt-Peterburgda rus opera artisti va musiqa oʻqituvchisi F. P. Komissarjevskiy oilasida tavallud topgan.

Vera Komissarjevskaya 1891-yilda Sankt-Peterburgda birinchi marta sahnada flot ekipajining dengiz assambleyasida Zina rolini (P. P. Gnedichning „Goryashiye pisma“ spektakli) ijro etgan. Uning sahnadagi debyutidan oldin Aleksandrinskiy teatrining taniqli aktyori V. N. Davydov bilan mashgʻulotlar oʻtkazgan. Keyin Komissarjevskaya K. S. Stanislavskiy boshchiligidagi Sanʼat va adabiyot jamiyati (Moskva) spektakllarida qatnasha boshlagan[1].

Komissarjevskaya 1894–1896-yillarda Vilnyusda K. N. Nezlobin korxonasida ishlagan va oʻsha paytda 60 ga yaqin rollarni oʻynagan. Aktrisa Rozi (G. Zudermanning „Boy babochek“), Larisa (A. N. Ostrovskiyning "Bespridannitsaʼ), Luiza (Schiller „Kovarstvo i lyubov“), Sofiya (A. S. Griboedovning „Gore ot uma“), Klerchen (Zuderman „Gibel Sodoma“) va boshqa rollarni ijro etgan.

Aleksandrinskiy teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Fyodorovna 1896-yilda Aleksandrinskiy teatri sahnasida chiqish qildi. Uning birinchi ajoyib muvaffaqiyati „Bespridannitsa“ filmidagi Larisa rolidan keyin boshlandi. Undan soʻng Chexovning „Chayka“ asaridagi Nina Zarechnaya, Sudermanning „Ogni Ivanovoy nochi“ spektaklidagi Marikka, „Faust“dagi Margarita va boshqalar rollarini ijro etdi.

Umrining soʻnggi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sankt-Peterburgdagi Tixvin qabristonidagi Komissarjevskayaning qabri. Haykaltarosh – Mariya Dillon

Vera Fedorovnaning yangi orzusi teatr maktabini yaratish edi. Undan oldin gastrol safariga chiqdi va bu gastrol uning hayotida oxirgisi boʻldi.

Komissarjevskaya 1910-yil 10-fevralda Toshkentda[2] gastrol paytida chechakdan vafot etdi.

U 20-fevral kuni Aleksandr Nevskiy lavrasining Nikolskoye qabristoniga dafn qilindi[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Вера Комиссаржевская. Биография“. РИА Новости (2014-yil 10-noyabr). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  2. V Tashkente v dni svoey bolezni V. F. Komissarjevskaya jila v dome № 24 po ulitse Samarkandskoy. Na etom dome, naxodyaщimsya pryamo naprotiv tolko chto postroennoy v nachale 1960-x godov gostinitsi „Tashkent“, naxodilas memorialnaya doska v chest V. F. Komissarjevskoy: „V etom dome 10 fevralya 1910 goda skonchalas znamenitaya aktrisa Vera Fedorovna Komissarjevskaya“. Posle zemletryaseniya 1966 goda etot dom bil snesyon, i na ego meste stal proxodit prospekt, v sovetskoe vremya nazivavshiysya prospekt Lenina.
  3. „Александро-Невская Лавра Монастырские кладбища“. tzarskiy-khram.narod.ru. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  4. Ogorodnova V. Goryaщie pisma // Sankt-Peterburgskie vedomosti. – 2019. —1 noyabrya.