Aleksandr Griboyedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Aleksandr Griboyedov
Griboyedov.jpg
Tavallud sanasi 4 (15) yanvar 1795
Vafot sanasi 30 yanvar (11-fevral) 1829
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Asarlari tili Rus tili[1]

Aleksandr Sergeevich Griboyedov [1795.4.(15).1, Moskva-1829.30.1(11.2), Tehron, Tbilisida dafn etilgan] — rus yozuvchisi, diplomat. Moskva universitetining falsafa, til-adabiyot, huquq va fizikamatematika fakultetlarida oʻqigan (1806-10). Talabaliq yillarida boʻlajak dekabrist (N.M. vaA. 3. Muravyovlar, I. D. Yakushkin, A.I. Yakubovich)lar bilan aloqada boʻladi. Keyinchalik rus mutafakkiri va publitsisti P.Ya. Chaadayev bilan yaqindan tanishadi. 1812-yilda koʻngilli boʻlib armiyaga xizmatga kiradi. Rossiyaning Erondagi elchisi boʻlib ishlayotgan vaqtida mutaassiblar tomonidan vahshiylarcha oʻldirilgan. G. dastlab fransuz yozuvchilariga taqlidan komediyalar ("Yosh kelin-kuyovlar" 1815; "Talaba", 1817) yozgan. "1812-yil" pyesasi (1824— 25) vatanparvarlik va fuqarolik ruhi bilan sugʻorilgan. "Aqllilik balosi" (1824) komediyasi G.ga katta shuhrat keltirdi. Dastlab qoʻlyozma holida tarqalgan bu komediya rus adabiyoti, rus dramaturgiyasi va rus teatrining oʻsishida muhim bosqich boʻldi. G. bu asarda rus jamiyatidagi ijtimoiy va maʼnaviy qoloqlikni qattiq fosh qiladi, uning rivojiga toʻsiq boʻlib turgan zodagonlarning farosatsizligi, kaltafahmligi va xudbinligi ustidan kuladi. Asar fojiaviy ruhda yozilgan. G.ning "Aqllilik balosi" komediyasi Toshkentdagi rus akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Ad,: Piksanov N. K., A.S.Griboyedov i yego tvorchestvo, M., 1945; Lebedev A. A., Griboyedov. Fakti i gipotezi, M., 1980.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  1. (unspecified title)