Velosiped sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Velosiped

Velosiped sporti - velosiped bilann trek, shosse, past-baland joyda poyga qilish, shuningdek figurali yurish, velobol va velopolo musobaqalari. Yevropada 1860-yillarda paydo boʻlgan. 1896 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan; 1893yildan trekda, 1921 yildan shosseda, 1929-yildan yopiq binolarda, 1950-yildan kross boʻyicha jahon birinchiliklari oʻtkaziladi. Xalqaro velosipedchilar uyushmasiga (UCI; 1900-yil asos solingan) 152 mamlakat aʼzo.

1997-yil Oʻzbekiston Velosiped sporti federatsiyasi qayta tashkil qilindi. Shu yili Velosiped sporti dan 6 xalqaro sport ustasi tayyorlandi. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan M. Kolyushee, Sh. Zaxriddinov, A. Jamoliddinov, F. Galiullina, Sergey Lagutin, Murod Holmuhammedov va boshqa jahon birinchiligi uchun oʻtkazilgan poygalarning gʻoliblaridir.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil