Angliya-Burlar urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angliya-Burlar urushi (1899-1902) – Angliyaning Janubiy Afrikadagi Bur (Transvaal va Oranjevaya) respublikalariga qarshi olib borgan bosqinchilik urushi. Angliyaning Bur respublikasida yashovchi inglizlarga ham saylov xuquqi berish toʻgʻrisidagi talabiga Transvaal prezidentining rad javobi urushning kelib chiqishiga bahona boʻldi. Urush qariyb 4 yil davom etdi. Oqibatda burlar maglubiyatga uchradilar. 1902-yil shartnomasiga muvofiq, Transvaal va Oranjevaya respublikalari Angliya mustamlakasiga aylantirildi. 1910-yil Bur respublikalari Angliya qoʻl ostidagi Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan boshlab JAR)ga qoʻshib olindi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil