Velká Kraš
Velká Kraš | |
---|---|
Munitsipalitet | |
50°21′46″N 17°8′46″E / 50.36278°N 17.14611°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | [[Olomouc]] |
Tuman | [[Jeseník]] |
Asos solingan | 1256 |
Maydon | 21.48 km2 (8.29 kv mi) |
Markazi balandligi | 252 m |
Aholisi (2023-01-01) |
726 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 790 58 |
|
Velká Kraš (nemischa: Groß Krosse) Chexiyaning Olomuk viloyati Yesenik tumanidagi munisipalitetdir. Unda 700 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Velká Kraš – Jesenikdan taxminan 15 kilometr (9 mi) shimolda va 85 km (53 mi) Olomouc shimoliy qismida, Polsha bilan chegarada, Žulová tepaliklari va Vidnava pasttekisligi oʻrtasidagi chegarada joylashgan. Eng baland joyi – Smolny vrch togʻi dengiz sathidan 404 m (1,325 ft) yuqorida joylshgan. Munitsipalitet hududidan Vidnávka daryosi oqib oʻtadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Velká Kraš haqida birinchi yozma malumot 1256-yilga tegishli[1].
Ikkinchi jahon urushi paytida nemis bosqinchilari qishloqdagi Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining ikkita majburiy mehnat sublagerini boshqargan. Toʻrt harbiy asir sublagerlar biridan qochishga urinib koʻrgan va nemislar tomonidan oʻldiriladi keyin Vidnava yaqiniga dafn qilingan[2].
1973-yildan 1990-yilgacha Velká Krash Vidnava tarkibiga kirdi[1].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 1 515 | — |
1880 | 1 574 | +3.9% |
1890 | 1 621 | +3.0% |
1900 | 1 630 | +0.6% |
1910 | 1 492 | −8.5% |
1921 | 1 573 | +5.4% |
1930 | 1 643 | +4.5% |
1950 | 956 | −41.8% |
1961 | 1 049 | +9.7% |
1970 | 952 | −9.2% |
1980 | 853 | −10.4% |
1991 | 776 | −9.0% |
2001 | 907 | +16.9% |
2011 | 733 | −19.2% |
2021 | 677 | −7.6% |
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Velká Kraš mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan Yavornik – Lipová-lázně temir yoʻlida joylashgan[3].
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng qimmat yodgorlik Avliyo Florian cherkovidir. Yodgorlik neoklassik uslubda qurilgan. Qurilish 1799-yilda tugatilgan[4]. Velká Krašdagi ikkinchi cherkov 19-asrning boshlariga toʻgʻri keladigan Bibi Maryam cherkovi[5].
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neuburg an der Donau, Germany
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „O obci“ (cs). Obec Velká Kraš. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
- ↑ „Working Parties“. Lamsdorf.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Detail stanice Velká Kraš“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ „Kostel sv. Floriána“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ „Kostel ve Velké Kraši čeká oprava“ (cs). National Heritage Institute (2011-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ „Partner und Freunde“ (de). Neuburg an der Donau. Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.