Kontent qismiga oʻtish

Vaxsh tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vaxsh tizmasi

Vaxsh tizmasiTojikistonning gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi. Vaxsh daryosi oʻrta oqimining chap sohili boʻylab janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa choʻzilgan. Uzunligi 80 km chamasida. Vaxsh tizmasi Vaxsh bilan Qizilsuv orasida suvayirgʻich. Oʻrtacha balandligi 1500–2000 m, eng baland Hazratishoh choʻqqisi 3141 m. Vaxsh tizmasining janubiy davomi Ilontov (1760 m) deb ataladi, u Qizilsuv bilan Tohirsuv havzalari orasida suvayirgʻich. Vaxsh tizmasi qumtosh, ohaktosh, konglomerat, gil kabi choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Togʻ yon bagʻirlarida chala choʻl, dasht oʻsimliklari oʻsadi, ahyon-ahyonda daraxt va butalar uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil