Kontent qismiga oʻtish

Vasuki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasuki
Xudolar Vasuki yordamida sut okeanini chayqashadi.

Vasuki — hind kosmologiyasida okeanlarni chayqatayotgan xudolar haqidagi afsonaviy ulkan ilon[1], shunikdek, Nagalar orasida qirol (xitoycha versiyada sakkizta buyuk nagadan biri), ilon yoki ilon tanasi boʻlgan odam shaklida tasvirlangan yarim ilohiy mavjudotlar.

Bu ilon xudolar va jinlar tomonidan amrita - boqiylik eliksirining olinishi haqidagi mashhur hikoyada okeanni chayqash uchun ishlatilgan. Tebranish jarayonida Vasukidan halokatli zahar ajralib chiqdi va Shiva yerdagi hayotni saqlab qolish uchun zaharni ichishga rozi boʻldi.

Matnlarning qadimiyligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ollohoboddagi Vasuki ibodatxonasi (Nag Basuki Mandir) Maha Puranasga tegishli boʻlgan Matsya va Kurma Puranasning qadimgi matnlarida eslatib oʻtilgan. Maha Purananing aksariyati Guptalar davrida (eramizning 320-yildan 500-yilgacha) paydo boʻlganligi aytiladi. Hind an'analariga koʻra, Puranalar Vyasa tomonidan Kali Yuga boshida miloddan avvalgi 4-ming yillikning oxirida tuzilgan.

  1. Шеша // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.