Guptalar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guptalar davlati - qad. hind imperiyasi (4 — 6-asrlar). taxminan 320 yil Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II davri taxminan 380 — 414)da deyarli butun Shim. Hindiston va boshqa bir qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shim.garbiy chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. 5-asr oxiridan parchalana boshlagan. 6-asr boshida eftaliylar Guptalar davlatining gʻarbiy qismini bosib olib, uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada 6-asr oxirida barham topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil