Vasishka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasishka
Kushon podsholigi
Saltanat 247–265-yillar
Oʻtmishdoshi Kanishka II
Davomchisi Kanishka III

Vasishka (baqtriya tilida: BAZHÞKO Bazēško; oʻrta braxmi. Vā-si-ṣka, Vāsiṣka; Kharoshthi: 𐨬𐨗𐨿𐨱𐨅𐨮𐨿𐨐 Va-jhe-ṣka, Vajheṣka[1]) milodiy 247—265-yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori boʻlib, Kanishka IIdan keyin qisqa hukmronlik qilgan.

Hukmronligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panjob hududidagi yozuvlar, shuningdek, Mathura (Isapur yozuvi) hududida topilgan yozuvlar Vasishka hukmronligi davri haqida muhim manbalar hisoblanadi[2]. Uning hukmronligi janubda Sanchigacha yetgan boʻlib, u yerda uning nomi bilan bogʻliq yozuvlar topilgan. Sanchi yozuvida yozilgan manbada uning hukmronligi 22 yil davom etgan deb qayd etilgan.

Tarixiy yozuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasishka nomi toʻrtta maʼlum yozuvlarda, jumladan, Indus hududidagi Kharoshti yozuvida uchraydi.

Sanchi Bodxisattava[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanchi Bodhisattva haykali

Sanchida Vasishka ismi qayd etilgan bir nechta haykallar va haykal parchalari topilgan[3]. Ulardan biri oʻtirgan Bodxisattva haykali hisoblanadi. Haykal Vasishkaning 28-yilgi hukmronligiga tegishli[4].

Hukmronligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanchi Budda poydevori[5].

Panjob hududidagi yozuvlar, shuningdek, Mathura (Isapur yozuvi) hududida topilgan yozuvlar Vasishka hukmronligi davri haqida muhim manbalar hisoblanadi[6]. Uning hukmronligi janubda Sanchigacha yetgan boʻlib, u yerda uning nomi bilan bogʻliq yozuvlar topilgan. Sanchi yozuvida yozilgan manbada uning hukmronligi 22 yil davom etgan deb qayd etilgan.

Tarixiy yozuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasishka nomi toʻrtta maʼlum yozuvlarda, jumladan, Indus hududidagi Kharoshti yozuvida uchraydi.

Sanchi Bodxisattava[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanchida Vasishka ismi qayd etilgan bir nechta haykallar va haykal parchalari topilgan[7]. Ulardan biri oʻtirgan Bodxisattva haykali hisoblanadi. Haykal Vasishkaning 28-yilgi hukmronligiga tegishli[8].

Sanchi poydevori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanchida topilgan yana bir Mathura parchasi tik turgan Budda haykali poydevori hisoblanadi[9]. Yozuvda „22-yil Vaskushana“ deb yozilgan[10][11]. Kushonlar uslubiga xos belbogʻli uzun toʻnlarda, oʻtirgan Bodxisattva atrofida turgan ibodatchilarni koʻrish mumkin[12].

Ara yozuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasishka haqida maʼlumotlar Kanishka IIIning „Ara yozuvi“da ham uchraydi. Ushbu yozuvda u Kanishkaning otasi (manabalar koʻra Kanishka III) sifatida qayd etilgan. Uning ismi Kharoshthida „Vajeshka“ sifatida koʻrsatilgan[13].

Tangalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vashishkaning oltin dinori.

Vasishka tangalari avvalgilariga qaraganda kichikroq boʻlgan[14]. Uning tangalarining teskari tomonida paydo boʻlgan xudolar Huvishka va Vasudeva I tangalaridagilarga oʻxshaydi[14].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Ancient Indian Inscriptions“, S. R. Goyal, 2005
  • „From Persepolis to the Punjab: Exploring Ancient Iran, Afghanistan and Pakistan“, Elizabeth Errington and Vesta Sarkhosh Curtis, 2007.
  • The Crossroads of Asia: Transformation in Image and Symbol", Elizabeth Errington and Joe Cribb, 1992.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Konow, Sten, Kharoshṭhī Inscriptions with the Exception of Those of Aśoka, Corpus Inscriptionum Indicarum, Vol. II, Part I. Calcutta: Government of India Central Publication Branch, p. 163
  2. Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks — 203 bet. 12-avgust 2023-yilda qaraldi. 
  3. Mitra, dEBALA. Sanchi. Archeological survey of India, 2001 — 7 bet. 12-avgust 2023-yilda qaraldi. 
  4. Kuraishi, Mohammad Hamid. Catalogue of the Museum of Archaeology at Sanchi, Bhopal State. Calcutta, Superintendent Government Printing, India, 1922 — 29–32 bet. 
  5. Marshall, Sir John. Monuments Of Sanchi Vol.1, 1902 — 386 bet. 
  6. Rosenfield, John M.. The Dynastic Arts of the Kushans (en). University of California Press, 1967 — 57 bet. 
  7. Mitra, Debala. Sanchi. Archeological Survey of India, 2001 — 7 Note 1 bet. 
  8. Kuraishi, Mohammad Hamid. Catalogue of the Museum of Archaeology at Sanchi, Bhopal State. Calcutta, Superintendent Government Printing, India, 1922 — 29–32 bet. 
  9. Mitra, Debala. Sanchi. Archeological Survey of India, 2001 — 7 Note 1 bet. Mitra, Debala (2001). Sanchi. Archeological Survey of India. p. 7 Note 1.
  10. Dani, A. H.. History of Civilizations of Central Asia: The Development of Sedentary and Nomadic Civilizations, 700 B. C. to A (en). UNESCO, 1994 — 253 bet. ISBN 9789231028465. 
  11. "He might have begun to rule even two years earlier if he can be identified with king Vaskushana(=Vasishka Kushana?) of a Sanchi record of the year22" Shashi, Shyam Singh. Encyclopaedia Indica: The Kushana Empire: government, society, and culture (en). Anmol Publications, 1999 — 23 bet. ISBN 9788170418597. 
  12. Kuraishi, Mohammad Hamid. Catalogue of the Museum of Archaeology at Sanchi, Bhopal State. Calcutta, Superintendent Government Printing, India, 1922 — 29–32 bet. Kuraishi, Mohammad Hamid; Kak, Ram Chandra; Chanda, Ramaprasad; Marshall, John Hubert (1922). Catalogue of the Museum of Archaeology at Sanchi, Bhopal State. Calcutta, Superintendent Government Printing, India. pp. 29-32.
  13. Rosenfield, John M.. The Dynastic Arts of the Kushans (en). University of California Press, 1967 — 57 bet. 
  14. 14,0 14,1 Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks (en), 2017 — 203 bet. Rezakhani, Khodadad (2017). From the Kushans to the Western Turks. p. 203.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]