Vasiliy Shapteboy
Vasily Shaptsiaboi | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Tavallud paytidagi ismi | belaruscha: Васіль Васільевіч Шапцябой |
Fuqaroligi | SSSR Belarus |
Tavallud sanasi |
10-noyabr 1979-yil Belarus Respublikasi, SSSR |
Boʻyi | 170 sm |
Sport | |
Klubi | Dinamo |
Vasiliy Shapteboy[1] (belaruscha: Васіль Васільевіч Шапцябой; 1979-yilda tugʻilgan) — belaruslik sportchi, qishki (changʻi va biatlon) va yozgi (velosport va yengil atletika) paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi; Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Sochida 2014-yilgi qishki paralimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida Belarus Respublikasi bayroqdori boʻlgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil 10-noyabrda tugʻilgan. Uning koʻrish qobiliyatida tugʻma nuqsoni bor.
1993-yilda Belarussiyaning Molodechno shahridagi koʻzi ojiz bolalar maktabida changʻi uchishni mashq qila boshlagan.
„Dinamo“ klubi safida harakat qilgan, paralimpiya sport turlari boʻyicha Respublika olimpiya tayyorlash markazi va Mogilyov viloyati oliy sport mahorat maktabida mashgʻulot olib borgan.
Hozir Mogilyovda yashaydi. Uylangan, uchta qizi bor: Angelina, Alisa va Anna.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Shapteboy Paralimpiyadagi faoliyatini 2000-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida boshlagan. Mazkur Paralimpiya oʻyinlarida T13 kategoriyasidagi estafeta bahslarida ishtirok etgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yilda Afinadada boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida velosport boʻyicha ishtirok etgan, ammo medalga sazovor boʻla olmagan.
Vasiliy Shapteboy 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan qishki paralimpiya oʻyinlarida oʻz debyutini amalga oshirgan va changʻida yugurish sport turi boʻyicha bronza va kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2010-yilda Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi paralimpiya oʻyinlarida Vasiliy changʻida yugurish va biatlon boʻyicha ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan[2]. 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlarida biatlon boʻyicha ikki karra (7,5 va 12,5 km[3]) bronza medali sohibi boʻlgan. Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi qishki Paralimpiya oʻyinlarida eng tajribali ishtirokchilardan biri boʻlgan. Ammo bahlardan ikki kun oldin shamollab qolgan va bu uning natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan[4].
Shapteboy paralimpiya oʻyinlaridan tashqari velosport, yengil atletika va biatlon boʻyicha jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Беларусь на зимней Паралимпиаде представят 15 спортсменов (фото)“ (ru). Министерство спорта и туризма Республики Беларусь (2018-yil 28-fevral). 2018-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
- ↑ „Belarus wins 9 medals at Vancouver 2010 Paralympics“. 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
- ↑ „Vasili SHAPTSIABOI“. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
- ↑ „Vasili Shaptsiaboi’s reasons to watch PyeongChang 2018“. 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.