Vasiliy Novikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vasiliy Korneyevich Novikov (1907.28.8, Rossiya Federatsiyasining Kalinin viloyati Peno tumani Naumovo qishlogʻi — 1981.20.1, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, podpolkovnik. 1941 yil iyuldan frontda. 2-Ukraina frontining 4-gvardiyachi armiyasi, 438-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri. 1944 yil 17 fevralda Cherkassi viloyatining Li-syanka tumanidagi Jurjinsi qishlogʻi atrofida qurshab olingan dushman gruppirovkasi bilan boʻlgan qoʻl jangida jasorat koʻrsatgan. 1945 yil 24 martda Qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonidagi Qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan. Jasorat koʻrsatgan joyda yodgorlik belgisi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil