Vasiliy Kan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Aleksandrovich Kan
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1960-yil 13-dekabr
Vafoti 2020-yil 21-mart
Sankt-Peterburg
Fuqaroligi SSSR, Rossiya
Janr klassik musiqa

Vasiliy Aleksandrovich Kan (1960-yil 13-dekabr, Toshkent viloyati – 2020-yil 21-mart, Sankt-Peterburg) – sovet va rus karnaychisi, dirijyor va musiqa oʻqituvchisi, Marinskiy teatri simfonik orkestri solisti va dirijyori, Janubiy Koreya radioeshittirishlar orkestri solisti. Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Kan Rimskiy-Korsakov nomidagi Leningrad viloyati maxsus bolalar musiqa taʼlimi uyida Aleksey Petrovich Mitronov sinfida tahsil olgan va u yerni 1977-yilda bitirgan. 1983-yilda Leningrad konservatoriyasini professor Yuriy Bolshiyanov sinfida trubachi sifatida tamomlagan. 1981-yilda Kan Mariinskiy teatr orkestrining solisti boʻlgan. 1984-yildan Mussorgskiy nomidagi musiqa maktabida dars bergan. 1986-yildan 1992-yilgacha Vladimir Spivakov va uning Moskva virtuozi orkestri bilan hamkorlik qilgan. U koʻplab musiqiy konsertlarda qatnashib, u yerda Bax, Handel, Pursel va Skarlatti kabi barokko bastakorlarining asarlarini pikkolo truba va ushbu asbobning boshqa turlarida muvaffaqiyatli ijro etgan. Vasiliy Kanga 1996-yilda Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilgan[1].

Vasiliy Kan 1997-yildan 2006-yilgacha Janubiy Koreya radioeshittirish simfonik orkestrida ishlagan. Shu bilan birga, u Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasida Vladimir Zinovyev sinfida dirijyorlikdan tahsil olgan. Vasiliy Kan birinchi marta 2005-yilda Ulyanovsk filarmonik orkestri bilan dirijyor sifatida chiqish qilgan. U Evald guruhi tarkibida konsert namoyishlarida qatnashgan[2][3].

Vasiliy Kan Marinskiy teatrining truba solisti va dirijyori boʻlgan. Uning dirijyorlik repertuarida „La Silfid“, „Don Kixot“ va „Nazokatli“ baletlari bor.

Vasiliy Kan 2020-yilning 21-mart sanasidada Sankt-Peterburg shahrida vafot etgan[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Kan II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni va Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]