Varshavaning bombardimon qilinishi (1939-yil)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Varshavaning taslim bo'lishi
Sanalar 1939-yil 2—28-sentyabr
Urush yeri Varshava, Polsha
Sabab Nemis armiyasining bostirib kirishi
Natija Varshava taslim bo'ldi
Raqiblar
Germanya
Qoʻmondonlar
R.Umyastovskiy Yuliush Rummel
Yoʻqotishlar
38 ta havo samalyotlari

Varshavaning bombardimon qilinishi – 1939-yil sentyabr oyida mudofaa qilish paytida Germaniyaning bir qator havo hujumlari orqali zarbalar berilishi.

Voqealarning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil 1-sentabrda Gitler boshchiligidagi Germanya armiyasi Polshaga bostirib kira boshladi. Varshavaga toʻrtta bombardimonchi tuzilmani oʻz ichiga olgan birinchi havo hujumi uyushtirildi. Sentyabr oyining birinchi haftasida Varshava bir necha marta bombardimon qilindi (asosan harbiy bazalar nishonlarga olindi)[1].

8-sentyabrda nemis armiyasi Varshavaga anchayin yaqinlashdi. 140 ta Junkers Ju 87 samolyotlari Visla daryosining chap qirgʻogʻida joylashgan shaharni bombardimon qildi. Boshqa bombardimonchi kuchlar Varshavaning gʻarbiy chekkasidagi Polsha armiyasi qarorgohiga hujum qildi. 13-sentyabr kuni Luftwaffe bombardimonchilari tomonidan hujum sodir boʻldi. 22—23-kunlari Varshavaning yahudiylar kvartaliga havo hujumi uyushtirildi.

Nemis samolyotlari Varshavani bombardimon qilish jarayoni.

25-sentyabr kuni Volfram fon Rixthofen qoʻmondonligi ostidagi Luftwaffe bombardimonchi armiyasi oʻzining eng katta havo reydini amalga oshirdi. 560 tonna kuchli portlovchi bomba va 72 tonna yondiruvchi bomba tashladi[2]. 11 soat davomida shahar 400 dan ortiq samolyot tomonidan vayrona qilindi (keyinchalik bu kun „Qora dushanba“ deb nomlandi). Varshava markazi katta zarar koʻrdi. Koʻpgina arxiv hujjatlari yoʻq qilinganligi sababli 25-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan reyd paytida nemis aviatsiyasining yoʻqotishlarini aniqlash imkonsiz. Ammo shunisi maʼlumki, Luftwaffe kamida ikkita Junkers Ju 52 bombardimonchi samolyotini yoʻqotgan[1].

26-sentyabrda shahar mudofaasining uchta asosiy pozitsiyasi qoʻlga kiritildi. 28-sentyabrda Polsha qoʻmondonligi taslim boʻlish toʻgʻrisida akt imzoladi. Nemis qoʻshinlari shaharga kirishdi. Xalqaro matbuotda 20000–40000 tinch aholi halok boʻlganligi haqida xabar berilgan. Ammo, haqiqiy qurbonlar soni aytilganidan kamroq boʻlishi mumkin (Ikkinchi Jahon urushidagi boshqa shunga oʻxshash bombali hujumlarda qurbonlar soni taxminan 6000–7000 ni tashkil etgan)[2]. Shahar binolarining 10% toʻliq vayron boʻlgan. Yana 40% qisman zarar yetgan[1].

Mudofaa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharni bombardimon qilishdan himoya qilish uchun ular (Milliy Xotira Instituti maʼlumotlariga koʻra) foydalanganlar[3]:

  • 75 mm kalibrli 72 ta zenit quroli
  • 40 mm kalibrli 24 ta zenit quroli
  • 7 ta zenit pulemyotlari
  • Baraj sharlari
  • Spot chiroqlar

Brygada Pościgowa guruhining 54 askari ham shaharni himoya qilishda qatnashdi.

Urush haqidagi fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Regulskaya nemis uchuvchilari kasalxonalarni ataylab bombardimon qilganini va odamlarni pulemyot bilan otish uchun yetarlicha pastroq uchganini aytib oʻtadi. Polsha hukumati radio orqali kasalxonalar manzillarini eshittirmaslik va bombardimonlarning oldini olish uchun ulardan Qizil xoch bayroqlarini olib tashlash tavsiyasini ham keltiradi. Ayrim tarixchi va jurnalistlarning fikricha, reydlarning asosiy nishoni Varshavaning aholi zich joylashgan hududlari, jamoat binolari, turar-joylar, madaniyat muassasalari, maktablar va kasalxonalar boʻlgan[4][5]. Polsha armiyasi polkovnigi Tomashevskiy „Nemislar asosan boʻlinmalarimizning jangovar pozitsiyalari emas, balki shahar va aholi zich joylashgan hududlarni bombardimon qilingan“,— deb esladi[4].

Adolf Gitler 1942-yil 8-noyabrdagi nutqida Varshavaning bombardimon qilinish chogʻi „Polyaklar insonparvar edilar. Ular avvalo, ayollar va bolalarni qutqarishni istaydilar“ deb taʼkidladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Corum 2013.
  2. 2,0 2,1 „Wrzesień '39. Tego dnia od bomb zginęło 10 tysięcy warszawiaków“. PolskieRadio.pl. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  3. Olga Tumińska. „Obrona przeciwlotnicza Warszawy“ (pl). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Alarm dla miasta Warszawy!“ (pl). Rzeczpospolita. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  5. Grupa Wirtualna Polska. „69 lat temu rozpoczęła się obrona Warszawy, zaatakowanej przez hitlerowskie dywizje pancerne“ (pl). www.money.pl. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Corum, James S. (2013). "The Luftwaffe's Campaigns in Poland and the West 1939-1940: A Case Study of Handling Innovation in Wartime". Security and Defence Quarterly 1 (1): 158—189. doi:10.35467/sdq/103158.