Vali Majidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vali Majidov
Tavalludi 14-noyabr 1922
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Toshkent
Vafoti 28-iyun 2002 O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Taʼlimi Toshkent tibbiyot akademiyasi
Mukofotlari O‘zbekiston SSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi

Vali Majidovich Majidov (1922—yil 14—noyabr Toshkent, 2002—yil 28—iyun) – Oʻzbekiston Sovet Sotsealistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (1972-1987). Uning odamlarda brutsellyoz infeksiyasi va virusli gepatitning kechishi haqidagi tadqiqotlari ilmiy va amaliy jihatdan yuqori baholangan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vali Majidovich Majidov 1922—yil 14—noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1943—yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi (ToshMI) imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1944—1947—yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar kafedrasi aspiranti boʻlgan[1].

1947—1954—yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti, 1954—1962—yillarda dotsent, 1962—yildan boshlab kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1972—yilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan[2].

1947—yilda „Brussellyozda asosiy fagotsitar reaksiya“ mavzusida nomzodlik, 1963—yilda esa „Brussellyoz (klinikasi, kursi, davomiyligi)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Professorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Majidov 1963—1965—yillarda Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy tibbiyot kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

1965—yil oktabr oyidan 1966—yil iyun oyigacha Toshkent tibbiyot instituti sanitariya-gigiyena fakulteti dekani. 1966—yil iyun oyidan 1968—yil oktabrgacha Toshkent tibbiyot institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

1968—yilda Vali Majidov Oʻzbekiston SSR sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, toʻrtinchi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

1972—yildan 1987—yilgacha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori. 86 tadan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 7 ta monografiya, yuqumli kasalliklar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanmalar va tibbiyot institutlari talabalari uchun „Yuqumli kasalliklar“ darsligi muallifi. Uning odamlarda brutsellyoz infeksiyasi va virusli gepatitning kechishi haqidagi tadqiqotlari ilmiy va amaliy jihatdan yuqori baholangan.

Majidov rahbarligida 1 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan. Vali Majidov yuqumli kasalliklar boʻyicha olimlar maktabiga asos solgan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982—yilda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi ordeni bilan mukofotlangan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991—yilda I.I Shainskiy bilan hamkorlikda „Tif va paratif A va B“ kitobi nashr etilgan. 1980—yilda I.I Shapunov bilan hammualliflikda „Virusli gepatitning diagnostikasi va oqibatlari“ kitobini chop ettirgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002—yil 28—iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahrida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Маджидов Вали Маджидович“. med.uz. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „История кафедры - ТашПМИ“ (en). Tashpmi.uz. 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.