Vali Gʻafurov
Vali Gʻofurov | |
---|---|
Tavalludi |
Abduvali Gʻofurov 31 dekabr 1922 |
Vafoti |
31 iyul 1994 (72) Toshkent Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi → Oʻzbekiston |
Kasbi | oʻqituvchi, yozuvchi |
Mukofotlari |
Vali Gʻafurov (1922-1994) — Jangchi adib Vali Gʻafurov oʻzining ikki kitobdan iborat „Vafodor“ romani, „Soʻnggi pushaymon“, „Botirga oʻlim yoʻq“ kabi qissalari, „Shoxlardagi mezonlar“ kabi memuar va oʻnlab ajoyib hikoyalar muallifi. U 1922-yilda Toshkentda tugʻilgan. Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chogʻda hayajonli, jasoratga toʻla, sermazmun.
Oddiylik — u ayrim hamkasblari kabi lavozimlarda oʻtirmadi. Oʻqish, mehnat bilan mashgʻul boʻldi. Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida oʻqituvchilik dildi. 19 yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yoʻl oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik namunalarini koʻrsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yoʻla ikki koʻzidan ajraldi, bir oyogʻi nogiron boʻlib qoldi. Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar koʻmagida brail-igna bilan yozish, oʻqish usulini tezda oʻzlashtirib oldi. Oʻqituvchilik qildi, koʻzi ojizlarga rahbarlik qildi. Va nihoyat, 60-yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan „Vafodor“ romanining birinchi kitobi nashr etildi. 1973 yilda „Vafodor“ romanining ikkinchi kitobi: paydo boʻldi. Asar kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima boʻldi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuygʻulari ulugʻlandi.
Vali Gʻofurov „Vafodor“ romanidan soʻng „Soʻnggi pushaymon“, „Botirga oʻlim yoʻq“ kabi qissalar, „Shoxlardagi mezonlar“ kabi memuar xarakterdagi polotnolar va koʻplab hikoyalar yaratdi. Ular orasida „Soʻnggi pushaymon“ qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va zamondosh yoshlarning maʼnaviy-axloqiy barkamollashuviga toʻsiq boʻlayotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yoʻllari izlanadi. U Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.[1]
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Vali Gʻafurov 1994 yilning 31 iyulida vafot etgan.
RASM
[tahrir | manbasini tahrirlash]https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/vali-gafurov-1922-1995/ (Wayback Machine saytida 2020-11-25 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=91.45[sayt ishlamaydi]
- http://n.ziyouz.com/adabiyot/ziyolilar/vali-g-afurov-1922 (Wayback Machine saytida 2017-11-12 sanasida arxivlangan)