Vali Gʻafurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vali G‘ofurov
Tugʻilishi
Abduvali G‘ofurov

31 dekabr 1922
Vafoti 31 iyul 1994 (72)
Toshkent O‘zbekiston
Fuqaroligi Andoza:Country data the Soviet Union Sovet IttifoqiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi o‘qituvchi, yozuvchi
Mukofotlari Andoza:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Vali Gʻafurov (1922-1994) — Jangchi adib Vali Gʻafurov o‘zining ikki kitobdan iborat „Vafodor“ romani, „So‘nggi pushaymon“, „Botirga o‘lim yo‘q“ kabi qissalari, „Shoxlardagi mezonlar“ kabi memuar va o‘nlab ajoyib hikoyalar muallifi. U 1922-yilda Toshkentda tugʻilgan. Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chogʻda hayajonli, jasoratga to‘la, sermazmun.


Oddiylik — u ayrim hamkasblari kabi lavozimlarda o‘tirmadi. Oʻqish, mehnat bilan mashgʻul boʻldi. Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida o‘qituvchilik dildi. 19 yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yo‘l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik namunalarini ko‘rsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yo‘la ikki ko‘zidan ajraldi, bir oyog‘i nogiron bo‘lib qoldi. Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar ko‘magida brail-igna bilan yozish, o‘qish usulini tezda o‘zlashtirib oldi. Oʻqituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi. Va nihoyat, 60-yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan „Vafodor“ romanining birinchi kitobi nashr etildi. 1973 yilda „Vafodor“ romanining ikkinchi kitobi: paydo bo‘ldi. Asar kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima boʻldi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuygʻulari ulugʻlandi.

Vali Gʻofurov „Vafodor“ romanidan soʻng „Soʻnggi pushaymon“, „Botirga oʻlim yoʻq“ kabi qissalar, „Shoxlardagi mezonlar“ kabi memuar xarakterdagi polotnolar va koʻplab hikoyalar yaratdi. Ular orasida „Soʻnggi pushaymon“ qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va zamondosh yoshlarning maʼnaviy-axloqiy barkamollashuviga toʻsiq boʻlayotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yoʻllari izlanadi. U Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.[1]

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Vali Gʻafurov 1994 yilning 31 iyulida vafot etgan.

RASM[tahrir]

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/vali-gafurov-1922-1995/

Manbalar[tahrir]

  1. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993

Havola[tahrir]