Valadnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Valadnoma”Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli Sulton Valadning asari. “Ibtidonoma” deb ham ataladi. Hakim Sanoiyning “Hadiqat ul-haqiqa” dostoni vaznida 1290-yilda masnaviy shaklida yozilgan. Hajman 10 ming baytdan iborat. Asarda muallif oʻzining jismoniy hayoti, otasining ruhoniy hayoti, Shams Tabriziy, Salohiddin Zarkub, Hisomiddin Chalabiy kabi oriflarning maqomotini bayon qiladi. Alisher Navoiy ushbu asarni “Nasoyim ul-muhabbat”da Sulton Valadga bagʻishlangan bobda tilga oladi[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”. 
  3. „Sulton Valad Bahouddin Muhammad“. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.