Vakuum materiallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakuum materiallari - vakuum apparatlari va asboblarida qoʻlla-niladigan materiallar. Asosiy guruhlari: konstruksion materiallar, gaz yutgichlar, vakuum moylari, surtmalar, loklar, sementlar, asalari mumi, ku-mush xlorid va b. Vakuum apparatlari va asboblari yasash, qismlarga ajra-tiladigan birikmalarni zichlash, kranlarni moylash, elektron lampalarga surkash va b. maqsadlarda ishla-tiladi. Vakuum texnikasi uchun kam gazlanadigan materiallar — shisha, kvars, chinni juda qadrli va koʻp ishlatiladi. Metallar (mas., temir, alyuminiy, nikel, platina, kumush va h.k.)ning esa vakuumda sirtlari adsorbsiyalanadi. Shuning uchun ular vakuumda yuqori temperaturalarda qizdirib gazsizlantirib olinadi. V. m.ga qoʻyiladigan asosiy talablar: ish temperaturasida toʻyingan bugʻlar bosimi past, oson gazsizlanadigan, gaz oʻtkazuvchanligi kichik, yuqori temperaturalarga yetarlicha chidamli boʻlishi kerak.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil