Kontent qismiga oʻtish

Vakkanai (Xokkaydo)

Koordinatalari: 45°24′56.4″N 141°40′23″E / 45.415667°N 141.67306°E / 45.415667; 141.67306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vakkanai, Xokkaydodan yoʻnaltirildi)
Vakkanai

稚内市
Skyline of Vakkanai
Vakkanai
Bayroq
45°24′56.4″N 141°40′23″E / 45.415667°N 141.67306°E / 45.415667; 141.67306
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Xokkaydo
Hukumat
 • Hokim Hiroshi Kudo
Maydon 761.47 km2 (294.01 kv mi)
Aholisi
 (2019-yil 1-iyun)
33,869
Zichligi 44.5 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00JST
Telefon kodi +81
Vakkanai xaritada
Vakkanai
Vakkanai

Wakkanai (yaponcha: 稚内市 Wakkanai-shi?, Yam-wakka-nay – aynu tilida; soʻzma-soʻz maʼnosi „sovuq daryo vodiysi“)[1]Yaponiyadagi Xokkaydo orolining Soya subprefekturasida joylashgan shahar. Soya subprefekturasining maʼmuriy markazi. Yaponiyaning eng sharqiy nuqtasi – Soya burnini oʻz ichiga oladi. Ochiq kunlarda Soya burnidan Rossiyaning Saxalin orollarini koʻrish mumkin.

1975-yil 1-iyun holatiga koʻra shaharda 55465 kishi istiqomat qilgan. Ammo, butun Yaponiyada aholi oʻsish surati pasayishi natijasida, shahar aholisi xozirda 33,869 (2019-yil 1-iyun) kishiga tushib ketdi[2][3].

Vakkanai markaziy temir yoʻl stansiya ichida qariyalar uyi qurgan Yaponiyadagi birinchi shahar boʻldi, Yaponiyaning oʻsib borayotgan keksa aholisiga gʻamxoʻrlik qilishning ushbu yangicha yondashuvi shundan beri bir qancha boshqa shaharlarda ham takrorlandi[4].

Vakkanai joylashgan hududda dastlab Xokkaydoning tub axolisi boʻlgan Aynu xalqi qabilalari yashagan. Birinchi yapon manzilgohi 1685-yilda tashqil qilindi.

  • 1879: Vakkanai qishlogʻi vujudga keldi.
  • 1897: Soya subprefekturasi tashkil qilindi.
  • 1901: Vakkanai qishlogʻi Vakkanai shaharchasiga aylandi.
  • 1949: Vakkanaiga shahar maqomi berildi.
  • 1955: Soya qishlogí Vakkanai shahriga qoʻshib yuborildi.
  • 1959: Vakkanai aeroporti qurib bitkazildi.

Ikkinchi Jahon Urushi davomida Yaponiya Imperiyasi Xarbiy Floti shahar portidan suv osti kemalari uchun qarorgoh sifatida foydalandi. Vakkanai AQSh bombardimonchi samolyotlari uchish masofasidan yetarlicha uzoqlikdagi, havo xujumidan xavfsiz shahar edi. 1960-yillarning oʻrtalarigacha portning shimoliy qismi beton toʻsiqlar bilan boʻlingandi. Portda xozirgacha saqlanib qolgan toʻlqin qaytargich aslida suv osti kemalarini taʼmirlash inshooti vazifasini bajargan. Shaharning tepaliklarida bir nechta temir-beton bunker tipidagi suníy gʻorlar qurilgan boʻlib, ular ular oʻq-dorilar va qurollarni saqlash yoki tinch aholi uchun havo hujumidan boshpana sifatida ishlatilgan. 1960-1970-yillarda qayta qurish va taʼmirlash jarayonida port beton inshootlardan tozalandi va va toʻlqin qaytargichning mexanizmlari olib tashlandi.

Soya burnida oʻrnatilgan yodgorlik

Yaponiyaning eng shimoliy nuqtasi hisoblanadigan Soya burni Vakkanai shahrida joylashgan. Soya burni 43 kilometr uzoqlikdagi Rossiyaning Saxalin orollari tomon choʻzilgan kichik yarimoroldir. Ochiq kunda Rossiya qirgʻoqlarini osongina koʻrish mumkin. Soya burnining shimoli-gʻarbiy qismida Benten-jima deb nomlangan orol ham joylashgan.

Shaharda Vakkanai Aeroporti mavjud. Har kuni Sapporo yaqinidagi Yangi Chitose Aeroporti hamda Tokyo Haneda Aeroportiga parvozlar amalga oshiriladi.

JR Xokkaydo Vakkanaidan Nayoro, Asahikava va Sapporogacha boʻlgan Soya magistral liniyasida dizel poezdlari qatnovini yoʻlga qoʻygan. Soya cheklangan ekspress poyezdi kuniga bir marta Sapporoga, Sarobetsu poyezdi esa kuniga ikki marta Asahikavaga qatnaydi.

Heartland Ferry kompaniasi Rebun va Rishiri orollariga mavsumiy parom xizmatini qatnovini oshiradi. Saxalin orolidagi Korsakov shahriga parom qatnovi 2015-yil 18-sentabrda toʻxtatildi. Vakkanai hokimi Kudo Xiroshi Saxalinga parom qatnovini tiklashga vaʼda bergach, 2016-yildan boshlab yoʻnalish har yili iyun-sentyabr oylari oraligʻida qatnovlarni amalga oshira boshladi[5][6].

Universtitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Wakkanai Hokusei Gakuen Universiteti

Yuqori maktablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hokkaido Wakkanai Yuqori Maktabi
  • Wakkanai Otani Yuqori Maktabi
  1. „ja:アイヌ語地名リスト“ [Ainu Language Place Name List] (ja). Office of Ainu Measures Promotion, Department of Environment and Lifestyle, Hokkaido Government. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  2. „ja:稚内市の概要“ [Outline of Wakkanai] (ja). Wakkanai, Hokkaido Prefecture, Japan: City of Wakkanai (2013). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  3. „ja:稚内市の人口と世帯“ [Population and Households of Wakkanai] (ja). Wakkanai, Hokkaido Prefecture, Japan: City of Wakkanai (2013). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  4. „Every Human Intention by Dreux Richard: 9781101871119 | PenguinRandomHouse.com: Books“ (en-US). PenguinRandomhouse.com. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  5. „HSL 北海道サハリン航路株式会社“ (ja). hs-line.com. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  6. 稚内市 „Sakhalin regular line / Wakkanai-shi“. www.city.wakkanai.hokkaido.jp.e.dh.hp.transer.com. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.