Kontent qismiga oʻtish

Vadim Pristayko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Volodimirovich Pristayko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-fevral 1970-yil (1970-02-20) (54 yosh)
Kilia, Odessa viloyati, Ukraina SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi partiyasiz
Turmush oʻrtogʻi Inna Vasilevna
Bolalari Volodimir va Andrey
Kasbi diplomat, siyosatchi
Faoliyati diplomatiya, siyosat

Vadim Volodimirovich Pristayko (ukraincha: Вадим Володимирович Пристайко; 1970-yil 20-fevral, Kilia, Odessa viloyati, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik siyosatchi, diplomat. Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi (2020—2023). 2020-yil 4-martdan 4-iyungacha Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari. 1-darajali favqulodda va muxtor elchi (2016). 2019-yil 29-avgustdan 2020-yil 4-martgacha Ukraina tashqi ishlar vaziri. 2019-yil 22-maydan 29-avgustgacha Ukraina Prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari. Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari (2017—2019).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Pristayko 1970-yil 20-fevralda Odessa viloyati Kiliya shahrida tugʻilgan[1]. Otasi Volodimir Ilich Pristayko (1941—2008) adliya general-leytenanti, Ukraina xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari (1996—2004)[2]. 1994-yilda Kiyev politexnika institutini, 1998-yilda Ukraina tashqi savdo akademiyasini tamomlagan va magistr darajasini olgan[2]. 1993—1994-yillarda „Elektronnie vesti“ axborot kompaniyasi hammuassisi. 1994—1997-yillarda Ukraina Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining Afrika, Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boshqarmasi bosh iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, boshligʻining oʻrinbosari. 1997—2000-yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi beshinchi hududiy boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari. 2000—2001-yillarda Ukrainaning Sidneydagi bosh konsulligi konsuli. 2001—2002-yillarda Ukraina Prezidenti maʼmuriyatining tashqi siyosat boʻyicha bosh boshqarmasi bosh maslahatchisi. 2002—2006-yillarda Kanadadagi Ukraina ishlari boʻyicha vaqtinchalik ishonchli vakil, siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchi (2003—2004, 2005—2006). 2007—2009-yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining NATO departamenti direktori oʻrinbosari. 2009—2012-yillarda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi missiyasi rahbari oʻrinbosari, elchi-maslahatchisi. 2012-yil 8-noyabrdan 2014-yil 29-oktyabrgacha Ukrainaning Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi[3][4], 2012-yil 28 dekabrdan 2014-yil 29-oktyabrgacha Ukrainaning Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)dagi vakili[4][5]. Oʻsha paytda Pristayko Monrealdagi Kot-de-Neiges tumanidagi mahalla kengashida tarkibiga kiritilan. 2014-yil 17-dekabrdan Ukraina tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari — Bosh shtab boshligʻi[6]. 2017-yil 7-iyuldan Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari[7]. 2019-yil 11-iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oliy Radaga Vadim Pristaykoni Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib tayinlash boʻyicha taklif kiritadi[8], biroq Oliy Rada unga ovoz bermaydi. 2019-yil 2- avgustdan Goncharuk hukumatida Ukraina tashqi ishlar vaziri[9]. Favqulodda va muxtor elchi (2019)[10]. 2020-yil 20-iyuldan 2023-yil 21-iyulgacha Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi[11].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, ikki oʻgʻli bor. Xotini Inna Vasilevna (1974-yilda tugʻilgan), oʻgʻillari Volodimir (1997-yilda tugʻilgan) va Andrey (2002-yilda tugʻilgan)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Новый министр иностранных дел Вадим Пристайко — главные факты“ (ru). nv.ua. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Пристайко, Вадим Владимирович“. ТАСС. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  3. „Про призначення В. Пристайка Надзвичайним і Повноважним Послом України в Канаді“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Про звільнення В. Пристайка з посад Надзвичайного і Повноважного Посла України в Канаді та Представника України при Міжнародній організації цивільної авіації (ІКАО)“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  5. „Про призначення В. Пристайка Представником України при Міжнародній організації цивільної авіації (ІКАО)“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  6. „Про призначення Пристайка В.В. заступником Міністра закордонних справ України - керівником апарату“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  7. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №179/2017 Про призначення В.Пристайка Главою Місії України при НАТО“. 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  8. Zelenskiy vnes predstavlenie na naznachenie Vadima Pristayko glavoy MID, — Ryaboshapka, 112ua.tv (11.06.2019)
  9. „Рада назначила Пристайко главой МИД“ (ru). РБК-Украина. 2019-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  10. „Про присвоєння В. Пристайку дипломатичного рангу Надзвичайного і Повноважного Посла“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  11. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №442/2023 Про звільнення В.Пристайка з посад Надзвичайного і Повноважного Посла України у Сполученому Королівстві Великої Британії і Північної Ірландії та Постійного представника України при Міжнародній морській організації (IMO)“. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.