Vadim Chemirtan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Chemirtan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi rumincha: Vadim Cemîrtan
Tavallud sanasi 1987-yil 21-iyul
Tavallud joyi TiraspolMoldaviya SSR, SSSR
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Hujumchi
Vazni 85 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo-Auto
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sherif
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 Tiraspol 39 (18)
2008—2010 Dinamo (Benderi) 31 (16)
2010 Akademiya 23 (10)
2011 Iskra-Stal 17 (8)
2012 Akademiya 9 (4)
2012—2013 Nistru 18 (7)
2013—2014 Kostuleni 32 (19)
2014 Veris 27 (14)
2015—2016 Dinamo-Avto 20 (17)
2016 Dacia 15 (7)
2016 Tan Kuang Nin
2016—2017 Buxoro
2017—2018 Bunyodkor
2018—2019 AGMK
Milliy terma jamoa
Moldova U19
Moldova U21
2016— Moldova 6
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vadim Chemirtan (rumincha: Vadim Cemîrtan; 1987-yil 21-iyul; Tiraspol, Moldaviya SSR, SSSR) — moldaviyalik futbolchi, hujumchi. Moldova terma jamoasi futbolchisi. O'zbekistonning AGMK, Bunyodkor va Buxoro futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tiraspoldagi „Sherif“ akademiyasining tarbiyalanuvchisi. 2005-yilda Tiraspol FK tarkibida o'ynay boshladi. 2005—06-yilgi mavsumda Tiraspol bilan chempionatning bronza medali sovrindori bo'ldi. Keyinchalik Moldovaning bir nechta klublarida faoliyat yuritdi. Ulardan eng mashhurlari „Iskra-Stal“, „Nistru“, „Dinamo-Avto“ va „Dacia“ klublaridir. 2016-yilning yozida Tan Kuang Nin futbol klubi tarkibida ikki oy harakat qildi.

2016-yilning qolgan qismida O‘zbekistonning „Buxoro“ klubida o‘ynagan. Chemirtan buxoroliklar safida 80-raqamda harakat qilgan. 2016-yilda 11 ta oʻyin oʻtkazgan va raqiblar darvozasiga 8 ta toʻp kiritgan[1]. Yanvar oyida O'zbekistonning yana bir klubi — „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilni AGMKda boshladi, mavsum o'rtasida „Buxoro“ga qaytdi. Biroq, O'zbekiston chempionatida debyut mavsumidagi natijalarini takrorlay olmagan Chemirtan 2019-yilning qishida Oʻzbekistonni tark etdi. 1987-yilda tug'ilgan futbolchi ayni paytda o'z yurtida Tiraspolning „Dinamo-Avto“ jamoasi sharafini himoya qilyapti[2].

Moldova yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalarida o'ynagan. Moldova milliy terma jamoasiga 2016-yilning bahorida jalb etila boshlagan. Terma jamoadagi debyut uchrashuvini 24-mart kuni Maltaga qarshi o‘yinda oʻtkazgan. To‘rt kundan keyin esa Andorraga qarshi o‘yinda ham terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. Hozirgacha u o'z mamlakati terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015—2016-yilgi mavsumda „Dacia“ tarkibida Moldova chempionatining kumush medali sohibi
  • 2005—2006-yilgi mavsumda Moldova chempionatining bronza medali sohibi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vadim Chemirtan“. Qaraldi: 11-iyul 2023-yil.
  2. „Vadim CHemirtan hozir qaerda?“. Qaraldi: 11-iyul 2023-yil.