Uyqu falaji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Uyqu falaji uyqu va uygʻoqlik orasida sodir boʻladigan oʻtish holati boʻlib, mushaklar atoniyasi (holsizligi) bilan xarakterlanadi. Uyqu falaji odatda normal holdir, u kishining tushida qilayotgan harakatlarini uxlab yotgan joyida qilmasligini taʼminlaydi. Biroq baʼzan odam keskin uygʻonsa uyqu falaji hali oʻtib ketmagan boʻlishi va natijada kishi oʻzini oʻta holsiz, qimirlashga va ovoz chiqarishga kuchi yetmaydigandek his qilishi mumkin. Buzilgan uyqu falajiga narkolepsiya, bosh ogʻrigʻi, depressiya va apnoe (havo yetishmasligi) sabab boʻlishi mumkin; biroq u izolatsiyalangan holatda ham roʻy berishi kuzatilgan.[1][2] Tez-tez qaytariluvchi uyqu falaji buzilishi holatlarida tibbiy muassasalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ohayon, M. Prevalence and pathologic associations of sleep paralysis in the general population, 1999. — s. 1194-2000. 
  2. Terrillon, J. Does Recurrent Isolated Sleep Paralysis Involve More Than Cognitive Neurosciences?, 2001. — s. 97-123. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]